Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Yangi so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə23/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Yangi so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?

  1. Qanday yangi so‘zlarni bilasiz?

Suhbat jarayonida 34-mashqdagi yangi so‘zlarning ma’nolari ham izohlanadi.

N a m u n a: Internet (lot. Inter — aro va net — tarmoq) katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘lovchi butun jahon kompyuter tizimi. Demak, internet jahon bo‘yicha tarqalgan kompyuter tarmoqlaridan tashkil topgan yaxlit tarmoq bo‘lib, axborot almashuvining turli xil qoidalari bilan ishlaydi.

Shu o‘rinda eng so‘nggi internet xabarlari o‘qib beriladi va o‘quvchilarga internetdan foydalanishning ahamiyati tushuntiriladi.

Yangi va eskirgan so‘zlar haqidagi bilimlar takrorlangach, o‘qituvchi quyidagicha muammo qo‘yadi: Eskirgan va yangi so‘zlar qaysi xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi? O‘qituvchi o‘quvchilarning muammoli savolga oid javoblarini to‘ldiradi.

Quyidagi savollar asosida atama, ibora, shevaga xos so‘zlar, lug‘atlar haqida suhbat uyushtiriladi:

1.Atama nima? Atama qanday xususiyatlarga ega?

2.Ibora deganda nimani tushunasiz?

3.So‘zdan iboraning nima farqi bor?

4.Shevaga xos so‘zlar deganda nimani tushunasiz?

5.Lug‘at nima? Lug‘atshunoslik qanday masalalarni o‘rganadi? 

Nazariy fikrlarga bog‘liq ravishda 35-, 36-, 37-mashqlar bajariladi.

O‘qituvchi lug‘at va lug‘atshunoslik, lug‘atning inson hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritadi va o‘quvchilarga yangi lug‘atlarni tavsiya etadi.

38-mashq topshirig‘iga ko‘ra 6-sinf matematika, botanika, tarix darsliklaridan 5-6  ta atamalarni topib ko‘chirish uyga vazifa qilib beriladi.


Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin