Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə28/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ona tili. 6-sinf.

12-dars. SO’Z  TARKIBI

Darsning maqsadi:

  1.  O‘quvchilarga so‘z tarkibi haqida nazariy va amaliy bilim berish.

  1.  O‘quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish.

  1.  O‘quvchilarda mustaqil izlanish, o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Darsning metodi: suhbat, o‘yin, muammoli o‘qitish.

Darsning jihozi:

1. 6-sinf ona tili darsligi.

2. «So‘z tarkibi» mavzusiga oid ko‘rgazmali qurollar.

3. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» she’ri matni.

Dars o‘quvchilar tomonidan  uy vazifasi  sifatida  tuzilgan «O‘zbekiston tabiati» mavzusidagi ijodiy matnni mazmunan va savodxonlik nuqtayi nazaridan tahlil qilish bilan boshlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning matn tuzishdagi yutuq va kamchiliklarini izohlaydi. So‘ng «O‘zbekiston haqida qanday she’r yoki qo‘shiqlarni bilasiz?» – degan savol bilan murojaat qiladi. O‘quvchilar turli she’r va qo‘shiqlar nomini aytadilar. Masalan. A.Oripovning «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?» she’rining oxirgi bandini yozuv taxtasiga yozdiradi:

Vatanlar,

Vatanlar,

Mayli gullasin,

Bog‘ unsin mangulik muzda ham ammo,

Yurtim seni, faqat boyliklaring chun

Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!

(A. Oripov «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?»)

She’r asosida inson zoti uchun Vatandan azizroq va muqaddasroq hech nima yo‘qligini, shu bois uni qadrlash, sevish va uning farovonligi, tinchligi uchun mehnat qilish, kurashish har bir kishining insoniy burchi ekanligini uqtiriladi va «Mazkur matn, qanday birliklariga bo‘linadi?» - deya muammoli savol qo‘yadi. O‘quvchilar matn gaplarga, gaplar so‘zlarga bo‘linishini aytadilar hamda «Vatanlar, mayli gullasin», «Mangulik muzda ham bog‘ unsin» kabi gaplarga, uni esa vatanlar,  mayli, gullasin, mangulik, muzda, ham, bog‘, unsin kabi so‘zlarga ajratadilar. Topshiriq qilib berilgan matn 20 ta so‘zdan tuzilganligini o‘qituvchi yordamida aniqlaydilar. So‘ng o‘qituvchi «So‘z tarkiban qanday qismlarga bo‘linadi?» - deb so‘raydi va matndan olingan O‘zbekiston, Vatanlar, mangulik kabi so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratishni topshiradi. O‘quvchilar so‘zlar ma’noli qismlarga bo‘linishini aytadilar va so‘zlarni quyidagicha ma’noli qismlarga ajratadilar: O‘zbek-iston, vatan-lar, mangu-lik kabi.

Shundan so‘ng o‘qituvchi so‘zning ma’noli qismlari – asos va qo‘shimchalar so‘z tarkibi deyilishini aytadi. O‘quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. 1-topshiriqdagi so‘zlarni quyidagicha ma’noli qismlarga ajratadilar va barchasi uchun ish so‘zi umumiy asosligini aniqlaydilar: ish – ish-ni, ish-chi, ish-la, ish-siz, ish-ga kabi. Shu o‘rinda «Asosdosh so‘zlar topish» o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilarga o‘qi, aql, tanish kabi asoslar vositasida so‘zlar hosil qilish topshiriladi.

N a m u n a : o‘qi – o ‘quv,  o‘quvsiz,  kabi.

Darslikdagi 2-topshiriqni ham shu tartibda bajartirish mumkin.

42-mashq esa «Kim chaqqon va zukko?» o‘yini tarzida bajartiriladi. 


Buning uchun yozuv taxtasi yoniga uch o‘quvchi taklif qilinadi va ular­ning biriga xabar, ikkinchisiga ilm, uchinchisiga ulug‘ asosli so‘zlarni tez va to‘g‘ri topish hamda o‘zlariga ajratilgan jadvalga yozish topshiriladi. 
Natijada quyidagi jadval shakllanadi:



xabar

Ilm

ulug‘

xabardor

Ilmli

ulug‘vor

43-,  44-mashqlarni bajartirish asosida esa o‘quvchilarda turli qo‘shimchalarni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi.

44-mashqni bajarishda yana ikki o‘quvchi «Kim eng ko‘p so‘z topa oladi?» o‘yini asosida musobaqalashadi. O‘yin shartiga ko‘ra ular suv va gap so‘zlari asosida yasaladigan ko‘p so‘zlar topishlari lozim.

N a m u n a : suv, suvdon, suvgul, suvchi, suvli, suvloq, suvosti;




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin