O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i nimani anglatadi?
Bayroqdagi moviy va oq ranglar nimaning ramzi?
Bayrog‘imizdagi yashil rang va qizil chiziqlar nimaning ramzi va
timsoli?
5.Undagi yarim oy va 12 yulduz tasviri haqida nimalarni bilasiz?
Bugungi dars o‘yin tarzida o‘tishini, g‘olib guruhga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i sovg‘a qilinishini aytadi. Shu asosida ularda o‘z yurti, vatanini sevish va uning davlat ramzlaridan faxrlanish hissi uyg‘otiladi. Albatta, bayroqcha g‘olib guruh o‘tirgan qatordagi partalarning birinchisiga qo‘yib qo‘yiladi va keyingi o‘yin darsiga qadar saqlanadi. O‘yin darsini boshlashdan oldin sinf o‘quvchilari avvalgi an’analarga muvofiq «Topqirlar», «Zukkolar» va «Donolar» kabi guruhlarga bo‘linadilar va butun dars davomida musobaqalashadilar.
O‘yin darsi quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:
O‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tasvirlashda qo‘llangan so‘zlardan ayrimlarini tanlab oladi va ma’noli qismlarga ajratishni topshiradi.
“Topqirlar”guruhiga
|
“Zukkolar” guruhiga
|
“Donolar” guruhiga
|
O‘zbekiston, o‘n ikki yulduz, sarhadida
|
Tinchlik, yaxshilik, halollik
|
Yilnoma, aloqador, to‘g‘riso‘zlik
|
II.Darslikdagi topshiriqqa asoslangan holda ma’lum asos va qo‘shimchalar asosida yangi so‘zlar hosil qilish va ma’nosini izohlash bahsi o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |