Holat deganda nimani tushunasiz? Holat fe’llari deganda-chi.
Siz harakat, harakat fe’llari deganda nimalarni tushunasiz.
Deyarli barcha o‘quvchini savollar doirasida fikr bildirishiga erishishga harakat qilinadi.
Savollarga berilgan javoblarni eshitish bilan bir qatorda mavzuga oid topshiriqlar ham bajartiriladi.
l-topshiriqqa ko‘ra sarg‘aydi va bo‘yamoq fe’llarning ma’nolari qiyoslanadi: O‘quvchilarga yo‘naltiruvchi savollar berish bilan o‘qituvchi yordamlashadi:
1 .Qanday ma’no anglatadi?
Sarg‘aydi so‘zi «sariq tus oldi» degan ma’noni bildiradi, holatni bildiruvchi fe’l; bo‘lmoq so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib «yuz bermoq, o‘tmoq, kechmoq» kabi ma’nolarni anglatadi.
2-topshiriqqa ko‘ra silkindi, qimirlamoq. o‘ylandi fe’llari izohlanadi.
So‘ng muammoli savollarga berilgan javoblar umumlashtiriladi hamda mavzuni tushuntiriladi.
86-mashq shartiga ko‘ra fe’llar harakat va holat fe’llariga ajratiladi.
Namuna:
Harakat fe’llari
|
Holat fe’llari
|
o‘tmoq
|
G`azablantirmoq
|
87-mashqni «Topqirlar va zukkolar bahsi» tarzida bajarish mumkin.Bunda «Topqirlar» guruhi harakat fe’llarini, «Zukkolar» guruhi holat fe’llarini ko‘chirib yozadi.
88-mashqdagi topshiriqqa ko‘ra o‘quvchilar ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini topadilar.
Namuna: bo‘sh-xoli, tekkan-siypalagan kabi.
89-mashqdagi Yusuf Xos Hojibning nutq odobiga oid hikmatli bayti quyidagi savollar asosida o‘quvchilar tomonidan izohlanadi:
Baytning nasriy mazmuni qanday?
She’riy parchada qanday g‘oya ilgari surilgan?
Omonlik tilasang cigar sen o‘zing, Tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.
O‘quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiriladi: O‘z atrofidagilar bilan inoq, do‘st, yaqin bo‘lishni, ulardan ozor chekishni xohlamagan inson ig‘vo, hasad ma’nosidagi so‘zlarni so‘zlamasligi, doimo shirin, mazmunli va ma’noli so‘zlashi lozim. Xalqimiz «Shirin so‘z-jon ozig‘i» deb bejiz aytmagan.
( Bu fikrlarni hayotiy dalillar bilan tushuntirish asosida o‘quvchilarga nutq odobi borasida ibrat sabog‘ini beriladi.
90- mashq shartiga ko‘ra «Mehnat baxt keltiradi» mavzusida matn tuzish va undagi fe’llarni izohlash uyga vazifa sifatida topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |