Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Mazkur fe’llar qanday umumiy va farqli belgilarga ega?



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə65/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Mazkur fe’llar qanday umumiy va farqli belgilarga ega?

O‘quvchilar mazkur so‘zlar ish-harakatni bildirishiga ko‘ra, fe’l so‘z  turkumiga mansubligi, o‘timli fe’lligi bilan umumiylik kasb etishini, harakatning bajaruvchi ishtirokiga ko‘ra farqlanishini aniqlaydilar.

 2-topshiriqqa ko‘ra ishla fe’liga -t, -sh qo‘shimchalari qo‘shiladi, ma’nolaridagi farqlar aniqlanadi va ular asosida gaplar tuzdiriladi: ishla, ishlat, ishlash. Masalan: U bugun bog‘da kechga qadar ishladi. Bobom hammamizni ishlatdi. Hammalari bog‘da ishlashdi. Xuddi shunga o‘xshash so‘z va gaplar hosil qilingach, o‘qituvchi quyidagi savollar bilan yana muammo qo‘yadi:


  1. Mazkur fe’llar tarkibida qanday farq bor?

  1. Ishla so‘ziga qo‘shilgan qo‘shimchalar ma’noga ham ta’sir qilganmi? So‘zlarning ma’nosida qanday farq bor?

O‘quvchilarning fikrlari to‘ldiriladi, ishla so‘ziga lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarning bir turi-nisbat yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganligi, so‘z ma’nosiga ta’sir qilganligi, ishla fe’lida harakatni bajaruvchining aniqligi, ishlat fe’lida harakatni bir boshqa shaxs orqali bajarilganligi, ishlash fe’lida harakatni bajaruvchi birdan ortiq ekanligi tushuntiriladi. So‘ng o‘qituvchi yozuv taxtasiga ishla, yoz, chiz, o‘qi, ayt kabi bir necha fe’llarni yozadi va quyidagi savollar asosida yangi mavzuga oid muammo qo‘yadi:

  1. Bu fe’llar qaysi nisbatda?

  1. Nima uchun aniq nisbatda deb hisoblaysiz?

O‘quvchilarga yangi mavzuga oid nazariy fikrlar muammolarni hal qilish asosida yetkaziladi.

O‘qituvchi ularning fikrlarini izohlaydi va umumlashtiradi.

Mavzuni mustahkamlash uchun 99-101-mashqlar bajariladi, mashqlardagi fe’llar va ularning qaysi nisbatdaligi aniqlanadi.

102-mashq topshirig‘iga ko‘ra «Mening kutubxonam» mavzusida matn tuzish, unda aniq, o‘zlik, majhul va boshqa nisbatdagi fe’llardan foydalanish uyga vazifa qilib beriladi.



Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin