Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə67/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

O`TIBDO`:

17.X.2016

18.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
32-dars. MAJHUL NISBAT

Darsning maqsadi:

  1. Majhul nisbat shakli va uning o‘zlik nisbat shaklidan farqi haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarda tabiatga muhabbat uyg‘otish.

  1. O‘quvchilarda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish

Darsning metodi: mustaqil o‘qish va suhbat

Darsning jihozlari:

  1. 6-sinf ona tili darsligi.

  1. «O‘zlik va majhul nisbat» nomli ko‘rgazma.

Dars mavzuga oid topshiriqlarni bajarish bilan boshlanadi.

1-topshiriqqa ko‘ra quyidagi ikki gapda mavjud bo‘lgan fe’llar solishtiriladi va ularning egalari aniqlanadi: Sharifa xat yozdi. Xat Sharifa tomonidan yozildi.

O‘qituvchi o‘quvchilarni quyidagi savollar asosida topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiradi:


  1.  Yozdi-yozildi fe’llari qanday ma’noviy farqqa ega?

  1.  Gaplarning egasi qaysi?

  1.  Ikkinchi gapdagi eganing noaniqligi qanday aniqlanadi?

  1.  Yozdi-yozildi so‘zlari qanday shakliy farqqa ega?

Javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va umumlashtiriladi. So‘ng 5-8 daqiqa vaqt ichida «Bilib oling», «Eslab qoling» rukni ostidagi yangi mavzuga oid matnlarni mustaqil o‘qib, o‘zlashtirish topshiriladi.

O‘quvchilar mustaqil mutolaani tugatganlaridan so‘ng quyidagi savollar asosida yangi mavzuni o‘zlashtirish va o‘qish jarayonida o‘rganilgan bilimlarni sinash va mustahkamlash uchun suhbat o‘tkaziladi:



  1.  Fe’lning majhul nisbat shakli qaysi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi?

  1.  Majhul nisbat shaklini yasovchi qo‘shimchalarning asosga  qo‘shilish tartibi qanday?

  1.  Majhul nisbat shakli qanday ma’noni anglatadi?

  1.  Majhul va o‘zlik nisbat shakllari qanday umumiylik hamda farqqa ega?


  1. Yüklə 499,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin