Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə76/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

O`TIBDO`:

20.X.2016
24.X.2016. Ona tili. 6-sinf.

35-dars. BIRGALIK NISBAT

 Darsning maqsadi:



  1. O‘quvchilarga fe’lning birgalik nisbat shakli haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarga axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi berish.

  1.  O‘quvchilarni til hodisalarini kuzatish va qiyoslashga o‘rgatish.

Darsning metodi: suhbat, induktiv usul.

      Darsning jihozi:      



  1.  6-sinf ona tili darsligi.

  1.  Saylanma diktant matni.

Dars saylanma diktant o‘tkazish bilan boshlanadi.

Saylanma diktant uchun taxminiy matn: 1) Turqi buzuqdan xulqi buzuq yomon 2) So‘zni qog‘ozga yozguncha miyaga yoz. 3) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. (Xalq maqollari) 4) Inson mehnatsevarlik, xushmuomalalik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik ishlari bilan qattiq bog‘lansa, to‘la baxtga erishishi mumkin (H.Ziyoyev)

Diktant matni asosida o‘quvchilarga axloqiy tarbiya beriladi va baxtga erishish yo‘llari tushuntiriladi. Diktant tekshiriladi, o‘quvchilarning xatolarini to‘g‘rilashga oid tadbirlar belgilanadi.

Yangi mavzu suhbat, induktiv  usulda tushuntiriladi. Mavzuga oid topshiriqdagi gaplar yozuv taxtasiga yoziladi: So‘ng quyidagi savol asosida gaplardagi fe’llar tahlil qilinadi: Gapdagi fe’llar qanday shakliy va ma’noviy farqqa ega?

O‘quvchilar birinchi gapdagi o‘tishdi fe’li birdan ortiq shaxs tomonidan bajarilayotgan harakatning anglatayotganligini, yozdi fe’li esa aniq nisbatdaligini aniqlaydilar.

O‘qituvchi 2-topshiriqqa ko‘ra mazkur fe’llarni tarkibiy qismlarga ajratishni topshirish bilan darsni davom ettiradi. O‘quvchilar yozdi fe’lida nisbat shakli yasovchi qo‘shimcha yo‘qligini, o‘tishdi fe’lida birgalik  nisbat - ish qo‘shimchasi vositasida yasalganligini aytadilar.      

Tahlillarni umumlashtirib, o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi.

Mavzuga oid 120-mashq «Topqirlar va zukkolar bahsi» o‘yini asosida bajartiriladi.      

N a m u n a : Gulandom o ‘rtoqlari bilan bir oz gurunglashdi. (Oybek)

Gapda birgalik nisbatdagi gurunglashmoqda fe’li qo‘llangan, bu fe’l shakli fe’l asosiga -sh qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.

121-mashqni bajarish asosida o‘quvchilarda fe’l asoslariga birgalik nisbat qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘shish ko‘nikmalari shakllantiriladi

122-mashqda o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida birgalik nisbatdagi fe’llarni topib izohlasalar, 123-mashqda esa aniq nisbatdagi fe’llaridan birgalik nisbati shakli yasaladi. 

N a m u n a : bormoq — borishdi.

Dars so‘ngida 124-mashqqa ko‘ra «Mardlik — mangulik» mavzusida bog‘lanishli matn tuzish, matnda qo‘llangan fe’llarning qaysi nisbatdaligini aniqlash uyga vazifa qilib beriladi.




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin