Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Yuqorida keltirilgan fe’l shakllari qanday hosil qilingan?



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə79/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Yuqorida keltirilgan fe’l shakllari qanday hosil qilingan? 

  1. Bu so‘zlar qanday ma’nolarni ifodalayapti?

  1. Mazkur fe’l shakllari zamon va shaxsni ko‘rsatadimi?

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini to‘ldirib, umumlashtirib mavzuni tushuntiradi.

128-mashq topshirig‘iga ko‘ra, o‘quvchilar berilgan hikmatlarni nuqtalar o‘rniga harakat nomi yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib o‘qiydilar va yod oladilar.

N a m u n a : Bilim o ‘qish va takrorlash mevasidir.

O‘qituvchi o‘quvchilarga mazkur matndagi hikmatlar asosida axloqiy tarbiya beradi.

129-130-mashqlarni esa «Bu so‘z bizniki» o‘yini tarzida bajartirish maqsadga muvofiq. Bunda sinf o‘quvchilari «Topqirlar», «Zukkolar» «Bilimdonlar» kabi guruhlarga bo‘linadilar va harakat nomi yasovchi qo‘shimchalarni aniqlaydilar.

N a m u n a : sana — sanash kabi.

Keyin mavzu «Berilgan qo‘shimchalar vositasida so‘zlar yasaymiz» nomli musobaqa o‘yini tarzida mustahkamlanadi. O‘yin darslikda berilgan mavzuga oid savol va topshiriqlarga asoslanadi. Sinf o‘quvchilari odatdagidek uch guruhga bo‘linadi. «Topqirlar» guruhiga -sh, -ish, «Zukkolar» guruhiga -v-uv, «Bilimdonlar» guruhiga  -moq, -mak qo‘shimchalari vositasida harakat nomlari yasash topshiriladi, g‘olib guruh va faol o‘quvchilar baholanadi.

N a m u n a : «Zukkolar» guruhi: sayla — saylov kabi.

131-mashqdagi gaplarda qo‘llangan harakat nomlarini o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib yozish uyga vazifa qilib beriladi.


Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin