Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Ikki chiziq  oralig‘iga yoziladigan harflar



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə11/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ikki chiziq  oralig‘iga yoziladigan harflar:

a e i m n o‘ r s u v x z sh ch

2Satr chizig‘idan yuqorida ko‘tarib yoziladigan harflar:

b d r l t h

3. Satr chizig‘idan quyiga tushirib yoziladigan harflar:        q g j y g‘ ng

4. Satr chizig‘ining ustiga ko‘tarib va ostiga tushirib yoziladigan  harf: f

Yozma harflarning tutashtirilishiga ko‘ra turlari

1. Yuqori qismidan tutashtiriluvchi harflar: o o‘ v

2. Pastki qismidan tutashtiriluvchi harflar:                       a d e h i k l m n r t u x z sh ch

3.O‘rta qismidan tutashtiriluvchi harflar:

v f g j q y g‘ ng

Darsni qiziqarli o‘tkazish maqsadida R.Jumaniyozov, T.Zufarovning alifbo va harflarga oid she’rlaridan foydalanish, ularni yod oldirish, rollarga , she’rlarni ifodali o‘qitish va sahna ko‘rinishlari ham tayyorlatish maqsadga muvofiq. Masalan, alifbo tahlilini ana shu kitobdan olingan she’riy parcha bilan boshlash ham mumkin:


Aslim, naslim "Alifbo", 

Harflar menda jo-bajo. 

Yigirma to‘qqiz askarmiz, 

Birlashsak – so‘z, lashkarmiz. 

Do‘stga bag‘ri kenglarmiz, 

Dushmanlarni yengarmiz. 

Bizni yaxshi bilsangiz

Hurmat bajo qilsangiz, 

Bo‘lursiz haqqa vosil, 

Ilmdan murod hosil.

 So‘ylab ajdod qadrini, 

Ham avlodlar dardini, 

Bobolar kayfiyatin, 

Momolar ruhiyatin,

 Sizga jamlab beramiz

 Marjon kabi teramiz. 

Fe’limizni bilingiz, 

Unga amal qilingiz.



Qolmasin sizga pinhon.

 Bizlarning ruhi ravon. 

Chapdan o‘ngga yuramiz.

 Va saf chekib turamiz 

Bosh, kichik harf bor bizda 

Tutingiz yodingizda. 

Maqsad ma’no anglatish 

Ko‘ngillarga yo‘l topish. 

O‘ziga berib sayqal

 Harflar so‘ylar galma-gal 

Siz o‘qishga kirishing, 

Sidqidildan tirishing. 

Ixlos ila, albatta 

Fozillik, husnixatda 

Dillarni shod etgaysiz, 

Yurtni obod etgaysiz 

Sizga omad yor bo‘lsin 

Tangri madadkor bo‘lsin.



O‘qituvchi yozma nutqda imlo qoidalariga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi va "Imlo qoidalari deganda nimani tushunasiz?" — deb savol beradi. O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarni to‘ldirib, to‘g‘ri va xatosiz yozish: unli va undosh harflarni, bosh harflarni, tutuq belgisini o‘rinli qo‘llash, to‘g‘ri bo‘g‘in ko‘chirish, qo‘shma so‘zlarni qo‘shib, ajratib yozish haqidagi qoidalar imlo qoidalari deb atalishini, yangi o‘zbek alifbosiga asoslangan "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" 1995-yil 24-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanganligi va unga amal qilish shartligini uqtiradi. Bo‘sh vaqtlarda mazkur asosiy imlo qoidalarini o‘rganishni topshiradi. Foydalanish uchun "Imlo lug‘ati"ni tavsiya etadi. Mavzuning davomi sifatida maktabdagi devoriy gazetalar, peshlavhalarda, dars jadvali va boshqa yozuvlarning imlosi haqida hamda ulardagi (mavjud bo‘lsa) imloviy xatolar haqida suhbatlashiladi, darslikdagi 16-, 17-, 18-mashqlar bajartiriladi.

16-mashq shartiga ko‘ra serob, rost, gurrillab, sohil, burishgan, hunar, mashaqqat, talabgor, shamollar, behad kabi so‘zlarning talaffuzi va imlosidagi farqlar S.Rizayevning "Imlo va talaffuz lug‘ati" (Toshkent. 1998) kitobidan foydalangan holda tushuntiriladi:

N a m u n a : O‘zbek tilidagi ayrim so‘zlar oxirida ketma-ket kelgan undoshlardan oxirgisi talaffuzda tushirib qoldirildi. Masalan. rost so‘zi ros shaklida talaffuz qilinadi, imlo qoidalariga muvofiq rost tarzitla yoziladi. Go‘sht, do‘st, past, g‘isht, artist kabi so‘zlarda ham shu holat kuzatiladi.

VI.Uyga vazifa. 19-mashq shartiga ko‘ra berilgan so‘zlar ishtirokida darslikdagi namunaga muvofiq gaplar tuzish hamda ularning talaffuzi va imlosidagi farqlarni topish, "Bo‘g‘in va urg‘u" mavzusi yuzasidan o‘rganilganlarni o‘qib kelish uy vazifasi qilib beriladi. 


Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin