Urg‘u haqidagi takrorlash sinov suhbati quyidagi savollar asosida uyushtiriladi:
Urg‘u deb nimaga aytiladi? Urg‘uning qanday turlari bor?
So‘z urg‘usi deb qanday urg‘uga aytiladi?
Ma’no urg‘usi qanday urg‘u?
So‘zda urg‘uning ko‘chishi bilan so‘z ma’nosini o‘zgarishi deganda
nimani tushunasiz?
22-mashqda berilgan so‘zlar vositasida o‘quvchilar urg‘uning ko‘chishi bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar ma’nosidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladilar va buni gaplar tuzish asosida izohlaydilar: ko‘zlar (ot) - ko‘zlar (fe’l)Yulduz uning ko‘zlariga qaradi. U maqsadga erishishni ko‘zlar edi.
Keyin mazkur gaplar asosida birinchi ko‘zlar so‘zida urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushishi, bunda ko‘z so‘ziga qo‘shilgan -lar qo‘shimchasi ma’noni kuchaytirish uchun, ikkinchi so‘zda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushib. "maqsad qilmoq, mo‘ljallamoq" ma’nolarini ifodalashga xizmat qilganligi tushuntiriladi.
Dars bo‘g‘in va urg‘uga oid she’riy grammatik topishmoqlar yechishga asoslangan "Topqirlar bahsi" o‘yini bilan yakunlanadi. O‘qituvchi quyidagi grammatik topishmoqlarni ifodali o‘qib beradi, o‘quvchilar esa javob beradilar:
Soni unli tovushlar soniga teng,
So‘zda qancha unli bo‘lsa, shuncha deng? (bo‘g‘in).
2. Biram kattakon o‘zi
Go‘yo nuqtaning yarmi.
Unli ustida turar,
Uni baland ayttirar? (urg‘u).
Darsda R.Sirojiddinovning boshqa she’riy grammatik topishmoqlaridan ham foydalanish mumkin.
O‘rganilganlarni takrorlash va 23-mashqqa ko‘ra “Ilm-hayot chirog‘i” mavzusida matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |