Tolib qo‘shni tomiga qo‘ngan kaptarni haydash uchun tosh otdi. Kaptar uchib ketdi. Tosh kelib tom shiferiga tushdi. Shifer chirs etib sindi. Tolib esa egasi chiqib qolmasin deb, tiraqaylab uyiga qochdi. Uy egasi ishda bo‘lganligi uchun bundan bexabar qoldi.
Shu kuni kechasi bilan yomg‘ir yog‘ib, ertalab qorga aylandi. Birdan chakillab uydan chakka o‘ta boshladi. Uy egasining boshi qotdi. Tomni tuzatgani chiqqan edi, sirg‘anib, tomdan yiqilib tushdi. Shu bilan oyog‘i sinib yigirma kun kasalxonada yotib chiqdi. Xayriyat, bundayroq yiqilgan ekan, bo‘lmasa undan yomonroq bo‘lishi ham mumkin edi.