V. Yangi mavzuga oid mashqlar bajarish.
Darslikdagi 53-, 54-, 55-,56-mashqlar musobaqa tarzida bajartiriladi
Yuqorida ta’kidlanganidek, rag‘bat kartochkalari miqdoriga ko‘ra g‘olib guruh aniqlanadi, baholanadi va bayroqcha bilan taqdirlanadi.
VI. 57-mashqda «Aqlli bola, elga manzur» mavzusida matn tuzish, undag yasama so‘zlarni topish uyga vazifa qilib beriladi.
Ko`rdim.
23.09.2015. Ona tili. 6-sinf.
16-dars. TUB VA YASAMA SO‘ZLAR
Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga tub va yasama so‘zlar haqida bilim berish.
O‘quvchilarda ilm olishga qiziqish uyg‘otish.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Darsning metodi: suhbat, induktiv usullar.
Darsning jihozi:
6-sinf ona till darsligi.
2.«Tub va yasama so‘zlar» nomli ko‘rgazma.
O‘qituvchi darsni hadis sabog‘i bilan boshlaydi. O‘quvchilarga quyidag ilm haqidagi hadisni o‘qib beradi:
Ilm egallang! Ilm-sahroda do‘st, hayot yo‘llarida - tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar, qayg‘uli onlarda -madadkor, odamlar orasida - zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda - quroldir. (Hadis)
O‘qituvchi hadis asosida o‘quvchilarga ilmning qudrati va kuchini ilm o‘rganishning ahamiyatini tushuntiradi, ularni puxta ilm olishga chaqiradi. Darsda izchillik va bog‘liqlikni ta’minlash uchun hadis matnidagi ayrim so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrattiradi va o‘rtaga «Bosh so‘z asosida qanday so‘zlar hosil qilish mumkin?» - degan birinchi savolni tashlaydi. O‘quvchilar bosh so‘zi bilan yasalgan 1-topshiriqdagi boshliq, boshda, bebosh so‘zlarini yozadilar.
So‘ng o‘qituvchi tomonidan ikkinchi savol o‘rtaga tashlanadi.
O‘qituvchi «Bosh asosi bilan yasalgan so‘zlar qanday so‘zlar deb ataladi?» savoli bilan suhbatni davom ettiradi.
O‘quvchilar mazkur so‘zlar bir umumiy asos egaligiga ko‘ra, bir asosli (asosdosh) so‘zlar deb atalishini aytadilar O‘qituvchi ularning ma’nolarinio bosn so‘zining ma’nosi bilan qiyoslashni topshiradi. Shu tarzda yangi mavzuga oid 1-topshiriq bajariladi. O‘qituvchi yordamida o‘quvchilar 2-topshiriqni bajaradilar, ya’ni ular -boz, -chan, -la qo‘shimchalari asosida so‘zlar yasaydilar: ishchan, harakatchan, talabchan.
Dostları ilə paylaş: |