N a m u n a : Tepaliklarda qor ostidan zanglagan tunuka va temir, qora va sariq g‘isht, beton parchalari chiqib turar edi. (A.Qahhor)
Shartli belgilar: asos: ∩
so‘z yasovchi:
lug‘aviy shakl yasovchi:
sintaktik shakl yasovchi:
Mashqlar o‘quvchilarning bilim darajasiga ko‘ra tabaqalashtiriladi ya’ni «yengilroq» mashqlar o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga «murakkabroq» mashqlar yaxshi o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilarga topshiriladi.
Masalan, 66-, 67-mashqlar yaxshi o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilarga topshirilishi maqsadga muvofiqdir.
66-mashq topshirig‘iga ko‘ra o‘quvchilar berilgan gaplardagi nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan mosini qo‘yib ko‘chiradilar. Shu tarzda shakl yasovchi qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar.
N a m u n a: Yigitlar tinmay sayrayotgan bulbulga quloq solayotgandek jim qolishdi. (P.Qodirov)
Dars so‘ngida 68-mashq topshirig‘iga ko‘ra -(i)mtir, -tadan, -guncha, -lar qo‘shimchalari ishtirokida so‘z shakllari yasash va gap tuzish uyga vazifa qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |