Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə5/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

IV.Darsnimustahkamlash 
     
6-mashqda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga unli tovushlarni qo‘ydirish asosida o‘quvchilarda unli tovushlarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasi shakllantiriladi va unlilar imlosiga doir bilimlari mustahkamlanadi:

N a m u n a: Mana quyosh ko‘tarildi. Ona haykali, yog‘dular ichida oftobday porlab turibdi. (E.Oxunova)

Mashq matni asosida dunyoda eng aziz va eng ulug‘ inson ona ekanligi, onani hurmat qilish, e’zozlash va qadrlash har bir farzand ucnun ham qarz, ham farzligi uqtiriladi.

  7- mashqni bajartirish asosida o‘quvchilarning unli tovushlarga oid bilimlari yana bir bora mustahkamlanadi, chunki mashqda berilgan maqollardagi       barcha unli tovushlarning talaffuzi va imlosi tahlil qilinadi a maqollar asosida axloqiy tarbiya beriladi.

Mavzuga oid  8-mashqni «Kim topqir va zukko?» o‘yini asosida bajartirish maqsadga muvofiq. O‘yin shartiga ko‘ra, o‘quvchilar tomonidan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga unli tovushlar to‘g‘ri qo‘yilishi,  so‘zlar hosil qilinishi va ularni qatnashtirib gaplar tuzilishi lozim. O‘yin yakunida olgan o‘rinlariga ko‘ra baholanadilar.

O‘yin shartini tushuntiriladi va mashqni bajarishga oid namuna ko‘rsatiladi: zar, zir, zor, zor-zor, zo‘r kabi. Zar qadrini zargar biladi. (Maqol) Zir titradi. Nimani qilsang xor, shunga bo‘lasan zor. (Maqol) U zor-zor yig‘ladi. Zo‘rga ham zo‘rdek balo bordir. (Maqol)

9-mashqni ham shu tarzda bajartirish va quyidagi to‘g‘ri javobni topish mumkin: Tili shirinning do‘sti ko‘p. (Maqol)

VI.Undosh tovushlar yuzasidan o‘rganilganlarni takrorlash va 10-mashqni bajarish uy vazifasi sifatida topshiriladi.


Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin