Ko`rdim.
O`TIBDO`:
5.X.2016.
10.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
27-dars. FE’L
Darsning maqsadi:
Fe’l haqida nazariy bilim berish.
O‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikda ishlashga o‘rgatish
O‘quvchilarga taqqoslash asosida anglash, mustaqil fikrlashni
Dars metodi: interfaol usullar, o‘yin.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi.
Dars «aqliy hujum», «kuzatish», «anglash», «hukm», mustahkamlash kabi qismlardan iborat.
Dars 1-topshiriqqa oid quyidagi savolllar asosida «aqliy hujum» bilan boshlanadi. «Aqliy hujum» — o‘quvchilarga o‘qi, keldi, qiziqadi fe’llariga -ma qo‘shimchasini qo‘shish topshiriladi. Natijada quyidagi so‘zlar hosil bo‘ladi: o‘qi-o‘qima; keldi-kelmadi; qiziqadi-qiziqmadi.
Hosil qilingan so‘zlar doirasida o‘qituvchi quyidagi savollar bilan «aqliy hujum»ni davom ettiradi:
Bu so‘zlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
-ma qo‘shimchasini olmagan birinchi guruhdagi so‘zlar bilan bu o‘shimchani olgan so‘zlarning bir-biridan qanday farqlari bor?
Dostları ilə paylaş: |