Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


Anglash. O‘qituvchi o‘quvchilarga «Bilib oling», «Esda saqlang»



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə59/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Anglash. O‘qituvchi o‘quvchilarga «Bilib oling», «Esda saqlang» rukni ostida berilgan fikrlarni o‘qish va uqishni topshiradi.

Aqliy hujum”.  O‘quvchilar mutolaani tugatgach, o‘qituvchi quyida­gi savollar asosida sinov suhbatini o‘tkazadi: 



  1. Harkat va holatni bildiruvchi so‘zlar qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?

  1. Shaxs va predmetning harakat va holatini atovchi so‘zlar turkumi  nima deb ataladi?

  1. Harakatni bildiruvchi qanday so‘zlarni bilasiz?

  1. Harakat va holatni kim bajaradi? Ana shu shaxs yoki narsa nima deb ataladi?

Qisqasi, dars so‘ngida hukmga olib kelinadi, ya’ni shu tarzda fe’l haqidagi nazariy bilimlar beriladi.

Mavzu mashqlar bajarish asosida mustahkamlanadi. 82-mashq «Kim zukko va chaqqon?» o‘yini tarzida bajartiriladi. Sinf «Harakat» va «Holat» nomli ikki guruhga bo‘linadi. «Harakat» guruhi harakat fe’llarini, «Holat» guruhi holat fe’llarini topadi va o‘z daftariga yozadi. Guruhlarning bittadan vakili bu shartni yozuv taxtasida bajaradi. Qisqasi, mashq guruhlar va guruh vakillari bellashuvi tarzida bajariladi. N a m u n a:

Harakat fe’llari

Harakat fe’llari 

Holat fe’llari

Chopdi

Qizardi

Sug‘ordi

yashardi

83-mashqda fe’llarning ma’nosi va grammatik shakliga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarga tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni qo‘ydirish asosida, ularda qo‘shimchalarni o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi.

85-mashq shartiga ko‘ra uy hayvonlarining harakatlarini ifodalovchi fe’llar qatnashgan gaplar yozish uyga vazifa qilib beriladi.




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin