Darsning maqsadi: O‘quvchilarga harakat va holat fe’llari haqida bilim berish.
O‘quvchilarda san’atga muhabbat uyg‘otish va ularga nutq odobini o‘rgatish.
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, induktiv usul.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi.
«Fe’lning ma’noviy turlari» nomli ko‘rgazma.
Darsi o‘tilgan mavzuni mustahkamlovchi va yangi mavzuga oid quyidagi savollar asosida muammoli vaziyat yuzaga keltirish bilan boshlanadi:
Fe’llar ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?