Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə62/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

O`TIBDO`:

12.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
25-dars. O`timli va o`timsiz fe`llar

Darsning maqsadi:

  1. O‘quvchilarga o`timli va o`timsiz fe’llar haqida bilim berish.

  1. O‘quvchilarda san’atga muhabbat uyg‘otish va ularga nutq odobini o‘rgatish.

  1. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Darsning metodi: suhbat, induktiv usul. 

Darsning jihozi:

  1. 6-sinf ona tili darsligi.

  1. «Fe’lning ma’noviy turlari» nomli ko‘rgazma.

I.Tashkiliy qism.

a) o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish;

b) guruh boshliqlarining axborotlarini eshitish;

s) odob va axloq haqida ibratli sh’erlar aytish.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlovchi va yangi mavzuga oid quyidagi savollar asosida muammoli vaziyat yuzaga keltirish bilan boshlaydi:


  1. Fe’llar ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  1. Holat deganda nimani tushunasiz? Holat fe’llari deganda-chi.

  1. Siz harakat, harakat fe’llari deganda nimalarni tushunasiz. 
         
    O‘qituvchi deyarli barcha o‘quvchini savollar doirasida fikr   bildirishiga erishishga harakat qiladi.

Savollarga berilgan javoblarni eshitish bilan bir qatorda mavzuga oid topshiriqlar ham bajartiriladi.

l-topshiriqqa ko‘ra sargaydi va bo‘yamoq fe’llarning ma’nolari qiyoslanadi: O‘quvchilarga yo‘naltiruvchi savollar berish bilan o‘qituvchi yordamlashadi:



Tushum kelishigidagi so`zlar bilan bog`lanadigan fe`llar o`timli fe`llar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan fe`llar o`timsiz fe`llar sanaladi.

91-mashq shartiga ko‘ra fe’llar harakat va holat fe’llariga ajratiladi.



Namuna:

O`timli fe’llari

O`timsiz fe’llari  

o‘rdi, ushladi        

G`azablandi, yozdi

92-mashqdagi topshiriqqa ko‘ra o‘quvchilar ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini topadilar.

Namuna: bo‘sh-xoli, tekkan-siypalagan kabi.

93-mashqdagi Yusuf Xos Hojibning nutq odobiga oid hikmatli bayti quyidagi savollar asosida o‘quvchilar tomonidan izohlanadi:



  1. Baytning nasriy mazmuni qanday?

  1. She’riy parchada qanday g‘oya ilgari surilgan?

Omonlik tilasang cigar sen o‘zing, Tilingdan chiqarma yaroqsiz so‘zing.

O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini quyidagicha umumlashtiradi: O‘z atrofidagilar bilan inoq, do‘st, yaqin bo‘lishni, ulardan ozor chekishni xohlamagan inson ig‘vo, hasad ma’nosidagi so‘zlarni so‘zlamasligi, doimo shirin, mazmunli va ma’noli so‘zlashi lozim. Xalqimiz «Shirin so‘z-jon ozig‘i» deb bejiz aytmagan.



(    O‘qituvchi bu fikrlarni hayotiy dalillar bilan tushuntirish asosida o‘quvchilarga nutq odobi borasida ibrat sabog‘ini beradi.

   94- mashq shartiga ko‘ra «Vatanni mardlar qo`riqlaydi» mavzusida matn tuzish   va undagi fe’llarni izohlash uyga vazifa sifatida topshiriladi.



Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin