Bir fe’l asosdan ham o‘zlik, ham majhul nisbat shakli qanday hosil qilinadi?
O‘qituvchi savollarning ketma-ketligi va izchilligiga, javoblarning
lo‘nda bo‘lishiga e’tibor qaratadi. So‘ng ularning fikrlarini umumlashtiradi:
Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat ifodalaydigan fe’l shakli majhul nisbat deyiladi.
O‘zlik va majhul nisbat shakllari bir xil, lekin ular harakatning bajaruvchisini aniq bildirish-bildirmasligi bilan farqlanadi.
Majhul nisbat shakli fe’l orqali ifodalangan ish-harakat bajaruvchisini aniq bildirmaydi. Masalan, tarandi-taraldi. kiyindi-kiyildi kabi.
So‘ng «Kim ko‘p majhul nisbat shaklida fe’llar hosil qiladi? o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilar majliul nisbat shaklida fe’llar yasaydilar asosida yangi mavzu yana bir bor mustahkamlanadi.
108-mashqda o‘quvchilar berilgan gaplardagi fe’llarni qaysi nisbatdaligini aniqlaydilar va darslikda berilgan jadvalga joylashtiradilar.
Namuna:
Dostları ilə paylaş: |