Ko`rdim.
MO`IBDO`:
27.X.2016
3.XI.2016. Ona tili. 6-sinf.
MUSTAHKAMLASH
(Takrorlash)
Darsning maqsadi:
O‘quvchilarning fe’l yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.
O‘quvchilarda mustaqil fikrlash va jadvallar bilan ishiash atamalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, o‘yin.
Darsning jihozi: 6-sinf ona tili darsligi.
38-darsda, 1-topshiriqda berilgan savollar asosida suhbat o‘tkaziladi. Suhbatni “Kim fe’l turkumini yaxshi biladi?” o‘yini tarzida o‘tkazish ham mumkin. Bunda har bir o‘quvchi o‘yinda ishtirok etadi. Berilgan to‘g‘ri va to‘liq javob bergan o‘quvchilar g‘oliblar sifatida baholanadi, so‘ng 2-topshiriq bajariladi.
Topshiriqni «Topqirlar va zukkolar bahsi» o‘yini asosida bajartirish maqsadga muvofiq. Bunda «Topqirlar» harakat fe’llarini. «Zukkolar» holat fe’llarini ajratadilar va ular asosida gaplar tuzadilar.
Namuna: qazimoq — Birovga choh qazisang, o‘zing yiqilasan. (Maqol)
Maqol asosida o‘quvchilarni doimo ezgu niyatli bo‘lishga da’vat etiladi.
39-darsda 3-, 4-, 5-, 6-topshiriqlar bajariladi.
O‘quvchilarga 5 daqiqa ichida 3-topshiriqdagi boshqotirmani mustaqil yechish topshiriladi. O‘quvchilar o‘z o‘rinlarida boshqotirmani mustaqil yechadilar va unda qo‘llangan fe’l asosida gap tuzadilar.
Javobi: 1, 2, 3, 4, 5-temir, 6,7-ni, 8,9,10,11, 12-qizig‘, 13-i, 14, 15-da, 16, 17, 18-bos. Demak, «Temirni qizig‘ida bos!» Bunda bosmoq fe’li qo‘llangan. Uning ishtirokida quyidagicha gaplar tuzish mumkin-Mashinaga beda bosdik. Ali bir necha chaqirim yo‘l bosdi.
4-topshiriqda esa o‘quvchilar fe’llarni qaysi nisbatdaligini aniqlab, jadvalga joylashtiradilar va ular asosida gaplar tuzadilar.
Dars so‘ngida yurmoq, o‘chirmoq, chizmoq, to‘xtatmoq, yetmoq fe’llarining nisbat shakllarini aniqlash va ular ishtirokida gaplar tuzish uyga vazifa qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |