Servis jarayonida transport-ekspedision xizmatlarning ahamiyati



Yüklə 236,11 Kb.
səhifə2/9
tarix24.02.2023
ölçüsü236,11 Kb.
#123606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6,7-маъруза

Kalit so’zlar: magistral transport, transport uzeli, transport-ekspeditorlik, konsulg’tativ (maslahat), “eshikdan-eshikkacha”, yuk va tijorat bo’limlari, distantsiya, tara, upakovka, lizing, moliyaviy munosabatlar, sug’urtalash, ombor, mayda partiya, yirik partiya, konsolidatsiya, birja, qimmatbaho qog’ozlar, auktsion, saralash.


Nazorat savollari



  1. Transport-ekspeditorlik xizmati nima?

  2. Transport-ekspeditorlik xizmatlari qanday tuzilishga ega?

  3. Transport-ekspeditorlik xizmatlari qanday belgilariga ko’ra tasniflanadi?

  4. Ekspeditor kim va uning qanday asosiy vazifalari bor?

  5. Transport ekspeditorlik kompaniyasi o’z mijozlariga qanday xizmat turlarini ko’rsatishi mumkin?

  6. Transport-ekspeditorlik kompaniyasi xizmatiga narx qanday tartibda belgilanadi?



6.2. Transportda axborot-servisini tashkil etish

Yuklarni tashishdagi axborot va transport oqimlari o’rtasida 3 xil turdagi o’zaro aloqadorlik bo’lishi mumkin: axborot oqimi


1) oldinda; 2) birga va 3) orqada yuradi. Axborot oqimi oldinda yurganda, xizmatlar jarayonining o’zaro muvofiqlashmagan “tor” joylarini aniqlashga va bunday holatning oldini olishga imkon tug’iladi. Transport oqimiga qarama-qarshi yo’nalishda kelayotgan axborot oqimi tashishga yuborilayotgan buyurtmalar haqidagi mahlumotlarni o’zida aks ettiradi, oqim yo’nalishidagi axborotlar esa yuklarning yetib kelishi bilan bog’liq jarayonlar haqida mahlumot beradi va ularga tezkor ravishda tahsir etishga asos bo’ladi.
Axborot tizimi barcha talablarga javob berishi uchun uning tarkibi quyidagi masalalarni hal etishga imkon beradigan axborot tahminotidan iborat bo’lishi kerak

  1. kelishuvlar va operatsiyalarga xizmat ko’rsatish;

  2. moddiy oqimlarini logistik muvofiqlashtirish;

  3. boshqaruv nazorati;

  4. echimlarni tahlil etish;

  5. strategik rejalashtirish.

Axborot tahminot tizimining birinchi darajasida transport-logistik kelishuvlar va operatsiyalarga xizmat ko’rsatiladi. Bunda buyurtmalar qabul qilinadi va guruxlashtiriladi. Yuklar jo’natiladi va yetqaziladi, istehmolchilarga buyurtmaning bajarilishi to’g’risida mahlumotlar beriladi. Bunday axborotlar oqimi juda kattaligi tufayli axborot tizimining ish unumdorligi yetarli darajada bo’lishi kerak.
Axborot tizimining ikkinchi darajasida tizimga kiruvchi va undan chiquvchi oqimlarni logistik muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Bunda transport quvvatlarining cheklanganligi hisobga olingan holda ularni yuklash hamda yuklangan quvvatlarni ishlab chiqarish ehtiyojlari omborxona va transport resurslari imkoniyatlari bilan o’zaro muvofiqlashtiriladi.
Boshqaruv nazorati” darajasida transport logistik jarayoni faoliyatining natijalari baholanadi: erishilayotgan iqtisodiy samaradorlik, ko’rsatilayotgan transport xizmati sifati, tizimning ish unumdorligi kabi faoliyat natijalariga baho beriladi.
Tizim faoliyatining to’rtinchi darajasida quyidagi masalalar bo’yicha erishilgan qaror va yechimlar tahlil etiladi:
• transport vositalarining harakatlanish yo’nalishlari va grafiklari;
• xarajatlarni tahlil etish va boshqarish strategiyasi;
• zaxiralarni boshqarish;
• logistik tarmoqni shakllantirish;
• yetkazib berish zanjirida o’rtada turuvchi vositalardan foydalanishni integrallashtirish.
To’rtinchi darajadagi logistik boshqaruvning asosiy mohiyati – bu tizim logistik funktsiyalarining strategik rejalashtirishga muvofiqligini tahlil etish va shu asosda uning jarayonlari jadalligini oshirish yoki sekinlashtirish hamda potentsial imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishdan iboratdir.
Eng yuqori-beshinchi darajada “Strategik rejalashtirish” tadbirlari amalga oshiriladi: korxonaning raqobat bozoridagi imkoniyatlarini oshirish, strategik alg’yanslar tashkil etish, logistik boshqaruv strategiyasini ishlab chiqish va sh.k.
Yuklarni “ayni vaqtida” yetkazish tamoyili asosan mahlumotlarning tez aylanishi hisobiga amalga oshadi.
Temir yo’l transportida ko’rsatiladigan axborot xizmatlari qo’lda yoki avtomatlashtirilgan ko’rinishda bo’ladi.
Qo’lda bajariladigan xizmatlarga:

  • vagonning inventar raqami bo’yicha dislokatsiyasi xaqida bir martalik mahlumot;

  • vaganning yuk ortish stantsiyasidan qabul qilish stantsiyasigacha bo’lgan xarakatini kuzatish;

  • katta xajmli konteynerlar ortilgan vagonlarni yuk ortilgan stantsiyadan qabul qilgan stantsiyagacha kuzatish;

  • marshrut tashishlarni kuzatish;

  • kichik xajmli konteynerlarni inventar nomerlari bo’yicha kuzatish/qidirish;

  • vagonning aniq raqamini aniqlash;

  • yuk tashish qoidalari va boshqa mehyoriy xujjatlar to’g’risida mahlumot berish kiradi.

Avtomatik ravishda ko’rsatiladigan xizmatlarga:

  • reglamentlashgan tartibda o’z hisobidagi vagonlarning doimiy ro’yxatini korrektirovkalanganligi xaqida Buyurtmachini xabardor qilib turish;

  • telefon aloqa kanali orqali reglamentlashgan tartibda vagonlar dislokatsiyasi to’g’risida Buyurtmachini xabardor qilish;

  • mahlumotlar bazasi (ASOUP) bo’yicha telefon aloqa kanali orqali Buyurtmachining so’roviga binoan operativ tartibda axborot berish (poezdlar bilan ishlash, poezdning xujjatlari, stantsiyaning ishi).




Yüklə 236,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin