o‘zaro ta’siri deb ataladi. Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi po‘stloq orqali aloqalari, yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. I.P. Pavlov bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson tarqaluvchi (irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli seskantiruvchi ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi boshqa analizatorlarning tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib keladi