Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə16/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
YAna til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydiautistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi.
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.

Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin