Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə20/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Idrok haqida tusshuncha bering.
T.I. idrok qoidasii, Idrokning buzilishlari.
Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.[1]

Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.[1]


Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenovfikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi.[1]
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.
Xotira va uning turlari haqida tushuncha bering?
T.I: His – tuyg‘u, Obrazli,So‘z mantiq,assosiativ

Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. SHunday qilibxotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1]


Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shundaynazariyalardanengmuhimimolekulalarningo’zgarishibilanbog’liqbo’lganbioximiknazariyadir. Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.

Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin