Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə31/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Taqqoslash – bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.[2]
Umumlashtirish  – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Diqqatning xususiyatlarini sanab bering va tarifini yozing.
T.I.Ixtiyorsiz diqqat. Ixtiyoriy diqqat. Ixtiyoriy so`nggi diqqat,
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim.
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir.

Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin