Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə53/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Мotivlarning turlari
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.

Idrok bilish jarayoni haqida. Idrokning buzilishlari
T.I. Idrok haqida, gallyusinatsiya, illyuziya, appersepsiya.
idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati.
Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan - yuqoriga qayta ishlash.
Sensor retseptorlaridan boshlanadigan analiz, miyaga o‘suvchi yo‘nalishda xarakat qiladi va sensor ma’luotlarni izoxlaydi.
Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha yuqoridan – pastga qayta ishlash.
Qachonki bizni tasavvurlarimiz kutilayotgan narsalar va tajribamiz vujudga kelganda, aqliy jarayonlarimiz ma’lumotlarini judayam yuqori darajada qayta ishlanadi.
Psixofizika - Intensivlik va psixoldogik qobiliyat va uni idrok qilish bilan qo‘zg‘atuvchining fizik xususiyatini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish.
Absolyut chegara - Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi.
Signalni bilish nazariyasi - Biz qachon kuchsiz qo‘zg‘atuvchini namoyon qilishimizni aytadi (signal).
SHundan kelib chiqib aytamizki yagona absolyut ostona yo‘q va aniqlik insonni tajribasidan, motivatsiyasidan va charchash darajasidan kelib chiqadi.
Ong osti - Ongli idrok qilib bo‘lmaydi, absolyut chegaradan past.
drok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi. Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasiidrokillyuziyasi deb ataladi.Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.[1]
Idrokning anglanganligi. Perseptivobrazlar har doim ma’lum mazmun ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi.


Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin