Sezgi deganda nimani tushunasiz? T. I ko’rish, eshitish, xid bilish tam bilish. Boshqaruv psixologiyasi haqida



Yüklə 248,34 Kb.
səhifə61/62
tarix26.11.2023
ölçüsü248,34 Kb.
#136166
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Sezgi deganda nimani tushunasiz -fayllar.org

Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladiBu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.[2]
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatidashirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladiSHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladiMurakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar.


Yüklə 248,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin