Sezgi rеja: Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari



Yüklə 16,55 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü16,55 Kb.
#138247
Sezgi


Sezgi
RЕJA:



  • Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.

  • Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari.

  • Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.


Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va hususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgining hosil bo'lishi uchun quyidagilar zarur:
Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo'lishi.
Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo'lishi.
Sezgilarning nerv fiziologik asosini I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo'lgan qo'zg`alishni psihik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mehanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
analizatorning periferik bo'limining markaziy analizator bilan boqlaydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
periferik (receptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan mahsus transformator qismi;
analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq bo'limlari.

Ingliz olimi CH.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo'ladi:
Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning hususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar;

Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (ahborot, habar) beruvchi muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar;
Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psihologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psihologiya fanida mazkur sezgilar to'la o'rganilmaganligi sababli uni “noma'lum hislar” deb atalgan.


Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin