Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Ish bilan bandlik kafolatlari va ishonch vaziyatini yara­



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

1. Ish bilan bandlik kafolatlari va ishonch vaziyatini yara­
tish.
Barqarorlik ishchilar va xizm atchilar uchun rag‘bat- 
lantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi, korporativ mushtaraklik 
his-tuyg‘usini mustahkamlaydi, oddiy xodimlaming rahbariyat 
bilan munosabatlarini yaxshilaydi va tajribali ishchilardan 
axborot olishda yordamlashadi.
2. Rahbariyatning ishlab chiqarishda doimiy ishtirok etishi.
"Har kuni ertalab zavodni aylanib chiqaman, bundan maqsad 
xodimlar bilan salomlashish, ish o ‘rinlarida hech qanday 
detal tartibsiz holda yotmaganligi va e ’tiborsiz qoldirilma- 
ganligiga ishonch hosil qilish, yig‘uv konveyerida nimalar 
boiayotganini bilishdir", deydi firma direktorlaridan biri. 
Bunday tartib yapon kompaniyasi rahbari uchun odatiy bir 
holdir.
3. Oshkoralik va korporasiyaning qadriyatlari. 
Boshqaruv­
ning barcha darajalari va ishchilar firmaning siyosati hamda 
faoliyati to ‘g‘risidagi umumiy axborot bazasidan foyda- 
lanishadi, buning natijasida umumiy javobgarlikda qatnashish 
vaziyati rivojlanadi, bu esa o‘zaro yordamni yaxshilaydi va 
unumdorlikni oshiradi.
Uchrashuvlaming muhimligi xizmatchilami ular haqida 
doimo g‘amxo‘rlik qilinayotganligidan xabardor qilishdir.
173


Uchrashuvlar firmaga sadoqat tuyg‘usini uyg‘otmasligi ham 
mumkin. Shunday bo‘lsa ham bular ishchilar qo‘nimsizligini 
cheklaydi va ulaming ruhini mustahkamlaydi.
8.2. 
Mehnat munosabatlarini tashkil etishda
shaxslararo munosabatlar va uning umumiy qonuniyatlari
Korxona va tashkilotdagi har qanday xodimning kasbiy 
vazifasi uning axloqiy normalarni, xulq-atvor qoidalarini 
bajarishi va o ‘zi atrofidagi tashqi muhit (hamkasblari, xo­
dimlar, mijozlar va sheriklari) bilan o ‘zaro munosabatlari 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Mehnat munosabatlarida 
axloq normalariga rioya qilish ham ayrim xodim, ham umuman 
tashkilot omilkorligiga baho berishning asosiy mezonlaridan 
biri hisoblanadi.
Etika (axloq) deyilganda ijtim oiy hayot jarayonida 
ro‘yobga chiqariladigan universal va o‘ziga xos axloqiy talablar 
va xulq-atvor normalari tizimi nazarda tutiladi.
Tegishli ravishda ishga doir munosabatlar etikasi jamiyat 
hayotining sohalaridan birini ajratib ko‘rsatadi. Shu narsa 
tushunarliki, xizm atga doir m unosabatlarning axloqiy 
normalari umuminsoniy normalarga va xulq-atvor qoidalariga 
asoslanadi, lekin o ‘zining ayrim farq qiluvchi xususiyatlariga 
ham ega bo‘ladi.
M ehnat faoliyati jarayonida inson o ‘zaro shaxslararo 
munosabatlarning o ‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi 
qonuniyatlami hisobga olishi kerak bo‘ladi. Ular orasida eng 
asosiylaridan biri javobning noaniqligi qonuniyati yoki 
boshqacha aytganda, kishilarning tashqi ta ’sirlarni idrok 
qilishning ulardagi shaxsiy xususiyatlaming farqiga, muayyan 
vaziyatga bog‘liqlik qonuniyati hisoblanadi.
Y uqorida sanab o ‘tilgan shaxslararo m unosabatlar 
qonuniyatidan tashqari ularga odamning odam tomonidan 
noto‘g‘ri tasvirlanishi va o ‘z-o‘ziga berilgan bahoning o‘x- 
shamasligi qonunini kiritish mumkin. Uning mohiyati shun- 
dan iboratki, biror kishi boshqa kishini xuddi o ‘zini o ‘zi bilgan
174


darajada bila olmaydi. Bu daraja mazkur kishi haqida va o‘zi 
to ‘g‘risida jiddiy qarorlar qabul qilish uchun yetarli asos 
boiishi mumkin edi.
Shaxslararo munosabatlarda axborot m a’nosini buzib 
ko‘rsatish qonuniyati muhim ahamiyatga egadir. U obyektiv 
ravishda harakat qiladi va har qanday jarayonning boshlanishi 
va oxirida qanchalik k o ‘p odam qandaydir axborotlar 
majmuidan foydalansa, u shunchalik kuchliroq boiadi.
Shaxslararo munosabatlarda ko‘pincha esdan chiqarib 
qo‘yiladigan yana bir qonuniyat — psixologik o ‘z-o‘zini hi­
moya qilish qonuniyatidir. Biz boshqa shaxslarga munosabat 
sohasida birinchi o ‘ringa odatda, ulaming tashqi jismoniy 
xavfsizligini qo‘yamiz, ulaming psixologik xavfsizligini esa 
nazar-pisand qilmaymiz.
Ikkinchi tomondan, odamning o ‘zi o ‘zining psixologik 
xavfsizligiga va unga hujum qilishdan saqlanishiga katta aha- 
miyat beradi. Ijtimoiy xulq-atvoming yetakchi sabablaridan 
biri insonning shaxsiy maqomini, o ‘z qadr-qimmatini saq- 
lashdir.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin