Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

176


8.13- sxema. 
Ishga doir suhbatni tayyorlash va o'tkazishning sxematik
tasviri
8.4. Ishga doir suhbat yuritish va telefonda
gaplashish odobi
Ishga doir suhbatlaming qatnashchilari ko‘pincha quyi­
dagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar:
— 
boiajak suhbatning mumkin b oigan elementlariga 
asos yaratiladigan tayyorgarlik bosqichini nazar-pisand 
qilmaslik;
12 - 30 
177


— 
ayrim qatnashchilaming ba’zi bir, unchalik muhim 
bo‘lib tuyulmagan jo^ni tanlashga yetarli e’tiborsizlik bilan 
qarashi. Masalan, suhbat o‘tkaziladiganjoyni tanlashga yetarli 
e’tibor bermaslik shunga olib kelishi mumkinki, hatto vaziyatga 
muvofiq kelmaydigan sharoit va qatnashchilaming o ‘zaro 
munosabatlari ishga doir suhbatning muvaffaqiyatli chiqishiga 
xalaqit berishi mumkin. Tabiiyki, ishga doir suhbatni o‘tkazish 
malakalari quruq yodlab olish bilan vujudga kelmaydi. Suhbat 
o ‘tkazish mahoratini egallash ko‘p m arta amalda sinab 
ko‘rish bilan bog‘liqdir.
Telefonda gaplashishlami ishga doir suhbat o‘tkazishning 
o ‘ziga xos bir turi sifatida qarash mumkin. Ana shundan kelib 
chiqib, ikkita xulosa chiqarish mumkin.
Birinchidan, 
ishga doir suhbatga tayyorgarlik ko‘rish va 
o4kazish qoidalari ko‘p jihatdan telefonda suhbatlar olib 
borishda ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Ikkinchidan, 
telefon orqali suhbat yuzma-yuz suhbat o‘t- 
kazishga nisbatan bir qator farq qiluvchi xususiyatlariga egadir. 
Bu o ‘ziga xos xususiyatlar shu bilan belgilanadiki, suh- 
batdoshlar bir-birlarini ko‘rmaydilar, ko‘pincha telefondagi 
suhbat tomonlardan biri uchun kutilmagan vaziyatda, voqea- 
larning oldingi 
borishini buzgan holda olib boriladi: 
abonentlardan birining ochiq suhbati, uning qandaydir bir 
muhim yoki shoshilinch ishni ado etishi orqaga ketishi mumkin 
va h.k. Bizning o ‘zimiz ham boshqa birovga telefon qilga- 
nimizda ham isha shunday bilishi mumkinligini nazarda 
tutishimiz kerak. Bu hoi bizning xulq-atvorimizga muayyan 
ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Ikkinchi tomondan, biror kishi 
bilan ochiq suhbat olib boruvchi kishi telefonda gaplashishdan 
oldin suhbatga ustuvorlik berishi lozim. Shuni esda tutish albatta 
zarurki, ko‘p hollarda telefon orqali qilingan aloqa biror 
narsa to ‘g‘risida (bo‘lajak uchrashuv haqida) oldindan kelishib 
olish vositasi bo‘ladi.
Shuning uchun ham xalqimizda "Bu telefonda aytadigan 
gap emas" degan ibora mavjud. Telefonda qilinadigan 
suhbatning mavzusini belgilashdan oldin, uning uchun 
ajratiladigan vaqtni rejalashtirishni esdan chiqarmaslik kerak.
178


Bundan tashqari, suhbatdoshingizning hamkasblari, tashrif 
buyuruvchilar va boshqa begona kishilar davrasida boiishi 
mumkinligini ham esdan chiqarmaslik lozim, bu ham oshkora 
suhbatlashish imkonini bermaydi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin