Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Ish joyidagi xavfsizlik 
— bu faqat texnika yoki ishlab chi- 
qarishni tashkil etish masalasi emas, balki aw alo har bir 
rahbaming m a’naviy vazifasidir.
Texnik va tashkiliy kamchiliklar tufayli ro‘y beradigan 
baxtsiz hodisalar sekin-asta kamayib bormoqda. Shu bilan 
birga shikastlanishlar va moddiy zarar ko‘rishning katta 
qismi kishilarning noto‘g‘ri xatti-harakati tufayli kelib chiq- 
moqda.
195


Korxona va tashkilotlarda mehnat xavfsizligini boshqarish 
tizimlarida barcha xodimlami ko‘pincha baxtsiz hodisalar ro‘y 
berishi mumkin bo‘lgan uch guruhga bo‘lish tatbiq etiladi:
— xavfsizlik texnikasini bilmasliklari tufayli ularga rioya 
qilmaydigan xodimlar. K o‘pincha bular tashkilotga yangi 
kelgan tajribasiz, lavozimga qo‘yish vaqtida yetarli darajada 
yo‘l-yo‘riq berilmagan xodimlar bo‘ladi;
— xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilsalar ham ularni 
bajarmaydigan xodimlar, chunki ular turli sabablar bilan 
ishdan chalg‘iydilar, haddan ortiq band boMadilar, asabiy- 
lashadilar. Ba’zan charchov tufayli shaxsiy noxushliklar yoki 
kasallik, kuchli qo‘zg‘alish tufayli ular muayyan faoliyatni 
bajarishga qodir bo‘lmaydilar;
— qoidalami, qanday ishlashni bilsalar ham, lekin xavf­
sizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga ahamiyat bermaydigan 
xodimlar. O datda buning sababi haddan tashqari ishga 
berilishda, shoshm a-shosharlikda, soxta qahram onlikda 
bo‘ladi. Bunday xodimlar o ‘zlarining tavakkal qilib ishlash 
usuliarini xavfli deb hisoblamaydilar va buning baxtsiz hodi- 
salarga olib kelishini anglab etmaydilar. Xavfsizlik texnikasi 
qoidalari buzilishining katta ulushi xodimlaming xavfsizlik 
texnikasi masalalariga bu xilda noto‘g‘ri munosabatda bo‘- 
lishlariga to ‘g‘ri keladi.
Personalni boshqarish, albatta, xodimlarga xavfsizlik 
texnikasi bo‘yicha ularga zarur bo‘ladigan maxsus bilimlami 
berishni o ‘z ichiga oladi. Bu vazifa har qanday rahbar qochib 
qutula olmaydigan vazifalar sirasiga kiradi. Xavfsizlik texnikasi 
va sog‘liqni muhofaza qilish qoidalarini o ‘rgatish-ta’limning 
birdan-bir shakli bo‘lib, u qonun bo‘yicha majburiy hisob­
lanadi.
Har qanday boshqaruv tizimida nazoratga muhim e’tibor 
beriladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinayotganiga 
ishonch hosil qilish uchun har qanday rahbar bu qoidalarga 
rioya etilayotganini nazorat qilishi zarur. Biz baxtsiz hodi-
196


salaming oldini olishga yordam beradigan xavfsizlik texnikasi 
qoidalariga rioya etilayotganini nazorat qilishning ikki 
yondashuviga e’tibomi jalb qilamiz.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin