Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Birinchi yondashuv 
— "muntazam sinovlar" usulidir. U 
o‘rgatilgan kuzatuvchilaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadi, 
ular korxona va tashkilot (bo‘lim)ni belgilab berilgan marshrut 
bo‘yicha aylanib o‘tadilar va xavfsizlik texnikasi sohasidagi 
kamchiliklami aniqlaydilar. Bunday vazifani xavfsizlik texnikasi 
(XT) bo‘limiga yuklash ham mumkin.
Bu yerda asosiy narsa shuki, yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan buzilishlaming nazorat darajasi berilishi lozim, bunda 
nazorat qiluvchining vazifasi esa bunday darajaning oshirib 
yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu usul xavfsiz vaziyatlar 
baxtsiz hodisalar va janjallarga aylanmasdan oldin ularni 
aniqlashga imkon beradi.
Ikkinchi yondashuv 
— "tang holatlar" usuli. U xavfsiz 
vaziyatlarga yaqin vaziyatlaming sabablarini aniqlash uchun 
xodimlardan so‘rab chiqishni nazarda tutadi. Zero, bu usul 
baxtsiz hodisalaming oldini olishga, uni barham toptirishga 
m o‘ljallangan.
Yuqorida sanab o ‘tilganlarning hammasi, rahbarning 
"maqbul standartlar"ni yaxshi bilishini, bu vazifalar qanchalik 
bajarilayotganiga baho bera olishini, ahvolni yaxshilash uchun 
qanday choralar ko‘rilishi lozimligini nazarda tutadi. U uzoq 
davom etgan davr mobaynida xodim lam ing xulq-atvori 
belgilangan standartlarga mos kelishini ta ’minlash uchun 
xavfsizlik texnikasiga amal qilinishini muntazam tekshirib 
borishni yo‘lga qo‘yadi.
Agar tashkilot ishni qonun va standartlar talabi bo‘yicha 
yo‘lga qo‘yishni istar ekan, xavfsizlik texnikasi qoidalarining 
barcha buzilish hollariga e’tibomi qaratishi va ulami qayd 
qilib borishi kerak. Faqat shundagina, personal bo‘yicha 
mutaxassislar va xavfsizlik texnikasi sohasidagi mutaxassislar 
rahbarga yordam berishlari, zarur statistik m a’lumotlar hamda 
baxtsiz hodisa tahlilini, shuningdek, ulami o ‘rganish asosida 
chiqarilgan xulosalami taqdim etishlari mumkin.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin