Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Muzokaralarning ikkinchi bosqichi



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 
— pozitsiyani dastlabki 
tanlash (muzokaralar qatnashchilarining rasmiy bayonotlari). 
Bu bosqich muzokara jarayonining ikkita maqsadini amalga 
oshirish: muxoliflarga ulaming manfaatlari ma’lum ekanligini 
va siz ulami hisobga olishingizni ko'rsatish: manevr qilish 
uchun maydon belgilash va unda o ‘zi uchun iloji boricha 
ko‘proq joy qoldirish imkonini beradi.
Odatda, muzokaralar har ikkala tomonning o ‘z istaklari 
va manfaatlari haqida bayonotlaridan boshlanadi. Faktlar va 
prin sip ial dalillar asosida (m asallan, "kom paniyaning 
vazifalari", "umumiy manfaat") tomonlar o‘z tutgan yo‘llarini 
mustahkamlashga intiladilar.
Agar muzokaralar vositachi (yetakchi, muzokarachi) 
ishtiroki bilan o‘tadigan boMsa, u holda vositachi har bir tomonga 
o ‘z fikrlarini bildirish va muxoliflar bir-birlarining flkrini 
boMmaslik uchun qoMidan kelgan hamma ishni qilishi lozim.
224


Bundan tashqari boshlovchi tomonlami to‘xtatib turish 
om illarini belgilaydi va ularni boshqaradi: m uhokam a 
qilinadigan masalalarga m o‘ljallangan vaqtni, murosaga kelib 
bo‘lmaslik oqibatlarini aniqdab chiqadi.
Q arorlar qabul qilish usullarini taklif qiladi: oddiy 
ko‘pchilik, konsensus. Tadbirlarga doir savollami aniqlaydi.
Muzokaralaming uchinchi bosqichi 
o ‘zaro m aqbul 
yechimni izlashdan, psixologik kurash usulini qidirishdan ibo­
rat bo‘ladi. Bu bosqichda tom onlar bir-birlarining imko- 
niyatlarini tekshiradilar, tomonlardan har birining talablari 
qanchalik real ekanligini va ularning bajarilishi boshqa 
qatnashchining manfaatlariga qanchalik ta’sir etishini aniq- 
laydilar. Muxoliflar faqat o ‘zlariga m a’qul faktlami taqsim 
qiladilar, o ‘zlarida turli xil muqobil variantlar borligini 
bildiradilar. Shu yeming o ‘zida turli usullar va qarama-qarshi 
tomonga psixologik tazyiq o ‘tkazilishi, boshlovchiga ta ’sir 
ko‘rsatishga urinish, imkoni b o ig a n butun usullar bilan 
tashabbusni o ‘z qo‘llariga olishga intilishlar bo‘lishi mumkin. 
Qatnashchilardan har birining maqsadi — muvozanatga va 
eng ko‘p ustunlikka erishishdan iboratdir.
Vositachining mazkur bosqichdagi vazifasi — qatnash- 
chilar manfaatlarining barcha ko‘rinishlarini payqab olish va 
harakatga keltirish, qarorlaming ko‘proq miqdorini kiritishga, 
muzokaralaming yo‘nalishi muayyan takliflar izlash sari 
qaratishga yordam berishdir. Bordi-yu, muzokaralar keskin 
tus oladigan b o ‘lsa, tom onlardan birining izzat-nafsiga 
tegadigan bo‘lsa, u holda boshlovchi vujudga kelgan ahvoldan 
qutilish yo‘lmi qidirishi lozim.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin