Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Nizolar va nizoli vaziyat deganda nimani tushunasiz?
2. N izolam ing qanday turlari mavjud?
3. Nizolar qanday sabablarga ko‘ra vujudga keladi?
4. Nizolarni hal qilishning qanday usullari mavjud?
5. N izoli vaziyatni hal qilishga doir umumiy tavsiyalami sanab o ‘ting?
6. Nizolar bo'yicha muzokaralar olib borish qanday bosqichlardan
iborat?
7. Stress nim a?
8. Stress holatini nimalar keltirib chiqaradi?
9. Stressli vaziyatlami keltirib chiqaradigan omillarga nimalar kiradi?
10. Ruhiy zarbaga ta’sir va ruhiy zarbaga chidamli hayot tarzlari
o ‘rtasidagi farqni tushuntirib bering?
231


XII BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
Muhim tushunchalar: 
kasbiy tanlash, mehnatga ko‘ni- 
kishni boshqarish, personalni boshqarish texnologiyasi va 
tizimini takomillashtirish, malakani oshirish bo‘yicha tash- 
kilotning material-texnik bazasi yaratish xarajatlari, perso­
nalni boshqarish texnologiyasi va tizimini takomillashtirish 
loyihalarining ijtimoiy samaradorligini baholash.
12.1. Xodimlar bilan ishlash jarayonlarini tashkil
etish texnologiyalari
Tashkilotning xodimi, tashkilot yoki uning tarkibiy qismi 
kabi, doimiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar 
mehnat resurslarini rejalashtirish, ishga jalb etish, tanlov 
va ishga qabul qilish, xodim faoliyatiga baho berish, xodimlami 
tayyorlash, qayta tayyorlash, o ‘stirish tizimini tashkil qilish, 
xodim lam i lavozim va professional, m a’muriy o ‘sishini 
rejalashtirish va ishdan bo‘shatish kabi bosqichlami o ‘z ichiga 
qamrab oladi.
Xodimlami rejalashtirish shundan iboratki, u insonga zarur 
vaqtda va kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini uning qobiliyati, 
moyilligi va ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta ’minlab 
berishni vazifa qilib qo‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va asoslash 
nuqtayi nazaridan ishlovchilarga o ‘z qobiliyatlarini eng maqbul 
tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini 
berishi, insonga xos m ehnat shart-sharoitlari yaratish va 
bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi lozim. Xodimlami 
rejalashtirish tashkilot manfaatlari nuqtayi nazaridan ham, 
uning xodimlari manfaatlarini ko‘zlab ham amalga oshiriladi. 
Tashkilot uchun kerakli vaqtda, kerakli o‘rinda, zarur miqdorda 
hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan shunday xodimlarga ega 
boMish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish, 
uning o ‘z maqsadlariga erishishi uchun zamr bo‘ladi.
232


Xodimlami rejalashtirish ancha yuqori mehnat unum- 
dorligini qo‘lga kiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun 
shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Tashkilotdagi barcha 
xodimlaming manfaatlarini hisobga olish xodimlami rejalashtirish 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, 
xodimlami rejalashtirish tashkilotdagi umumiy rejalashtirish 
jarayoniga qo‘shilib ketgan taqdirdagina samarali boladi.
Xodimlami boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan xo­
dimlami tanlashga bog‘liq. Xodimlami tanlash ikki tomonlama 
jarayondir. Bir tomondan korxona da’vogarga ish berish yoki 
bermaslikni hal qilsa, ikkinchi tomondan agar da’vogar ishga 
taklif qiiinsa, u bu taklifni qabul qilish kerakmi yoki kerak 
emasligini hal qiladi. Xodimlami tanlash — tashkilot faoliyatiga 
xos bo‘lgan, u ilgari surayotgan g‘oyalarga insonning muayyan 
xususiyatlarini taqqoslash, nisbat berish demakdir. Korxonaga 
tanlash jarayonida bo‘lajak xodimning sog‘lig‘i, yoshi, m a’­
lumot darajasi, fuqaroligi, ish staji va hokazolar hisobga 
olinadi. Tanlov tadbirining tarkibiy qismi kasbiy tanlashdir.
Korxona va tashkilotda xodimlar bilan ishlash muam- 
molaridan biri xodimlami jalb qilish paytidagi mehnatga ko‘~ 
nikishni boshqarishdir. Xodimlaming tashkilot bilan o ‘zaro 
hamkorligi jarayonida ularning o ‘zaro moslashuvi vujudga 
keladi, uning asosini xodimlar tomonidan asta-sekin meh- 
natning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga 
kirib borishi tashkil etadi.
Xodimlar bilan ishlashni tashkil etish ikki guruhdan iborat 
tamoyillarga asoslanadi: personal bilan ishlashning umumiy va 
tashkil qilish tamoyillari. Kadrlar siyosatini amalga oshirishda 
xodimlar bilan ishlashni tashkil etishning tamoyillari xodimlami 
boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur tamoyillar davlatimiz kadrlar siyosatini amalga 
oshirishga asos bo‘lishi bilan birga, tashkilotlami xodimlar 
bilan ta’rninlashning muayyan shakl va usullarini tanlashga 
imkon beradi. Asosiy tamoyillarga rioya qilish kadrlarni tan- 
lashda rasmiy nom enklatura prinsipiga barham beradi, 
texnologiyalami demokratlashtirish, xizmatchilarga xolisona 
baho berish, xodimlar ishining barcha subyektlari hamkorligini
233


kengaytirish, ularning vakolati va javobgarligi chegaralarini 
joriy etishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Xodimlar bilan ishlash mexanizmi mohiyatan xodimlar 
bilan ishlashning maqsad, tarkibi, tamoyili, texnologiya va 
usullaming uzviy birligidan iborat. Xodimlarga doir texnolo- 
giyalar awalo, xodimlar ishiga qaratilgan usul, aloqa va tash­
kiliy tadbirlami optimallashtirishning yig‘indisidir.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin