Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


5.3. Personal attestatsiyasi



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

123


5.3. Personal attestatsiyasi
Xodimlaming ish natijalari, ya’ni ulaming umumiy maq- 
sadlarga erishishga qo"shadigan hissalari tabiiyki, bir xilda 
emas. H ar qanday tashkilotda liderlar, autsayderlar va o ‘rta 
m e’yordagilar mavjud b o iad i. KoTsatilgan differensiatsiyani 
va mos keluvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun 
tashkilotda personal ishlarini baholashning yagona tizimi amal 
qilishi lozim. Bunday tizimning mohiyati quyidagi omillar 
bilan aniqlanadi:
— personal ishining bahosi motivatsiyasining o ‘ziga xos 
vositasi hisoblanadi, baholar natijalari haqidagi m a iu m o t 
xodim larga o ‘zining x u lq -atv o rin i yanada yaxshilashga, 
m ehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi;
— baholar natijalari asosida kasbiy o ‘qitishni rejalash­
tirish amalga oshiriladi, buning natijasida u yoki boshqa 
x o d im la m in g kasbiy d a rajalarin in g y etish m o v ch ilik lari 
aniqlanadi;
— personal ishini baholash xizmat m artaba (karyera) 
sini va kasbiy rivojlantirishni takomillashtirishga imkon bera­
di. Xodimlar kasbiy sifatlarining kuchli va ojiz tomonlarini 
ularning xizm atda k o ‘tarilishi haqida qaror qabul qilish 
jarayonida e ’tiborga olish zarur;
— personal ishini baholash tizimi xodimlami taqdirlash 
tamoyillarini ishlab chiqishda ulam i ishdan bo ‘shatish bilan 
b o g iiq masalalami tartibga solishda katta rol o ‘ynaydi.
Personal ishini baholash tizimini ishlab chiqish jarayonida 
quyidagilami e’tiborga olish zarur:
— baholash tizimi universal, ya’ni butun tashkilot uchun 
yagona b o iis h i lozim . Shuningdek, xodim lam ing ayrim 
kategoriyalari u chun m axsus tizim lar (yuqori lavozim li 
rahbarlar, o ‘rta b o ‘g‘in rahbarlari, texnik mutaxassislar va 
ishchilar uchun ham tuzish mumkin. Personal ishini baholash 
tizimini q o ilash tavsifi tashkilotning barcha boiinm alarida 
bir xil qolipda b o iish i lozim;
— baholashni belgilangan standartlar va m e’yorlar asosida 
am alga oshirish zarur. B uning u c h u n ush b u lavozim da
124


ishlashning yutuqlarini belgilovchi asosiy omillami aniqlash 
lozim. Standartlam i ishlab chiqish va m e’yorlarni baholash 
ish o ‘rinlarini oldindan aniqlash imkonini beradi;
— 
personal ishini baholashning moslashuvchanligi uchun 
baholash usulini tanlash zarur; personal ishini miqdoriy (vaqt, 
unumdorlik, xarajatlar) yoki sifat ko‘rsatkichIari yordamida 
baholash mumkin.
Tashkilotda personal ishini baholash tizim ini yaratish 
jarayoni obyektivligi, oddiyligi, tushunarliligi, aniqligi va bir 
xilda balanslanganlik nuqtayi nazaridan juda qiyindir. Amaliy 
ishda har biri o ‘zining ustunligiga va kamchiligiga ega b o ig an
bir nechta namunaviy baholash tizimlaridan foydalanadi. Per­
sonal ishini baholashning ancha keng tarqalgan tizimini ko‘rib 
chiqamiz.
Attestatsiya xodimlaming o ‘z mansab majburiyatlarini ba­
jarish samaradorligini baholash jarayonini o ‘zida namoyon 
etadi. Attestatsiya bevosita rahbar tom onidan amalga oshiriladi 
va o ‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi. Birinchi bosqichda 
rahbar attestatsiya qilinadigan xodim bilan, ya’ni u bilan 
attestatsiya suhbatini o ‘tkazadi. Suhbatlashish davomida xodim­
ning o ‘tgan davrdagi ishiga baho beriladi, shuningdek, uning 
kelajakdagi ish rejasi tasdiqlanadi. Suhbatlashish attestatsiya 
jarayonida m uhim rol o ‘ynagan holda u sinchkovlik bilan 
tayyorgarlik ko ‘rishni talab etadi.
Rahbar suhbatlashish kunini oldindan aniqlashi uni o ‘t- 
kazish uchun yetarli vaqt ajratishi, qulay joyni tanlashi, ol­
dindan o ‘tgan davr uchun xodim ishini har tom onlam a tah ­
lil qilishi, shuningdek, kelgusi davrga xodimning rivojlanish 
rejasining loyihasini tayyorlashi lozim.
Suhbatlashishning eng boshidanoq rahbar xodim bilan 
ijobiy o ‘zaro suhbat o ‘matishga harakat qilishi lozim. Bevo­
sita attestatsiyani xodimning yutuqlaridan m uhokama qilishdan 
boshlash va faqatgina undan keyingina attestatsiya qilinayotgan 
shaxsning kamchiliklarini tahlil etishga o ‘tish talab etiladi. 
Kamchiliklami m uhokama qilishda rahbar aniq va ravshan 
real dalillardan foydalanishi, xodim ning shaxsiy sifatlari
125


tavsifidan kelib chiqmagan holda mansab majburiyatlariga to ‘la 
rioya qilishi lozim. Attestatsiyani ijobiy tarzda tugatgan holda, 
rahbar xodimga b o ‘lgan o ‘zining hurm atini yana bir bor 
ta ’kidlab va uning kasbiy rivojlanishini chin k o ‘ngildan 
istayotganligini namoyon etishi lozim.
Attestatsiyaning keyingi bosqichida xodimning shaxsiy 
rejasi va shaxsiy maqsadlari ro‘yxati kabi xujjatlar tayyor- 
lanadi. Shaxsiy rejaga misol 5.16- jadvalda keltirilgan.
Shaxsiy maqsadlar ro‘yxati bu attestatsiya davriga xodim 
uchun eng m uhim vazifalarning chegaralangan yig‘indisidir. 
Shaxsiy rejaga kiradigan vazifalar aniq va o ‘zgarishlarga mos 
b o ‘lishi kerak. U lar shuningdek, xodim ishlaydigan butun 
tashkilot va boUinmalarning vazifalari bilan bog‘liq b o iish i 
zarur.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin