Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Personal mehnati sifatini baholash: darajalar



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

5.5. Personal mehnati sifatini baholash: darajalar,
yondashuvlar
M ehnatni baholash o ‘z ichiga ishlab chiqarish texnolo­
giyasi talabalariga m ehnat m iqdori va sifatining mos kelishini 
aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlam i oladi.
Mehnatni baholash va kadrlar vazifalari.
M ehnatni 
baholash quyidagi kadrlar vazifalarini yechishning imkonini 
beradi: nokom petent xodimlar tavakkalchiligining ko‘tarilishi 
va pasayishi uchun salohiyatni baholash; o ‘qish xarajatlarini 
pasaytirish; xodimlarda adolatlik tuyg‘usini qo‘llab-quwatlash 
va m ehnat m otivatsiyasini oshirish; xodim lar orasida o ‘z 
ishlarining sifati to ‘g‘risidagi teskari aloqani tashkil etish
kadrlar o ‘qishining dasturini va personal rivojlanishini ishlab 
chiqish.
X o d im lar m eh n a tin in g natijaviyligini b ah o lash n in g
samarali tizimini tashkil etish uchun quyidagilar zarur1:
— har bir ish o ‘m i va uni baholash mezonlari uchun 
m ehnat natijaviyligining standartini belgilash;
— m ehnat natijaviyligini baholashni o ‘tkazish siyo­
satini ishlab chiqish (qachon, qay m uddatda va kim baho­
lashni olib boradi);
1 Иванцевич Дж. М., Лобанов А.А. Человеческие ресурсы управления.-М.:
Дело, 1993.
132


— a n iq shaxslarga m e h n a t natijaviyligini b ah o lash
majburiyatini topshirish;
— baholashni xodim bilan m uhokam a qilish;
— qaror qabul qilish va baholashni hujjatlashtirish. Aniq 
ish o ‘m ida m ehnatni baholash bosqichlari quyidagilarda 
nam oyon bo ‘ladi:
funksiyalami belgilash;
— talablarni aniqlash;
— omillar bo‘yicha baholash(aniq bajaruvchining);
— um umiy baholashni hisoblash;
standartlar bilan taqqoslash;
— xodimning darajasini baholash;
— baholash natijalarini xodim ga yetkazish. H ar bir 
korxonada m ehnatni baholash protseduralarining samarali 
bo‘lishi uchun, ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— fo y d alan ilad ig an m ez o n larn in g b ajaru v ch ilar va 
baholovchilarga tushunarli bolishi;
— baholash uchun foydalaniladigan axborotni olish uchun 
qulay bo ‘lishi;
— baholash natijalarining rag‘batlantirish tizim i bilan 
bog‘liq bo‘lishi;
— baholash tizimining vaziyatli kontekstga mos kelishi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin