Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

— 
nomzodning istiqboli
 
— kasbiy o‘sishga yo‘naltirilganligi, 
m a ’lum otiga b o ‘lgan talab, yoshi, um um an, lavozimdagi 
ishlash staji va karyerasining dinamikligi, sog‘ligining holati.
Aniq bir lavozim uchun zaxiraga nom zodlam i tanlashda 
nafaqat u yoki bu b o ‘lim, xizmat, sex, uchastka va boshqa- 
laming rahbari javob berishi lozim b o ‘lgan um umiy talablarni 
balki, kasbiy talablarni, shuningdek bo‘linmadagi, tashkiliy 
madaniyatdagi va boshqa holatlardagi vaziyatni tahlil etishga 
asoslangan nom zod shaxsiga bo ‘lgan talablaming o ‘ziga xosligi 
ham hisobga olinishi lozim.
Rahbarlik lavozimlaridagi kadrlar zaxirasining manbalari 
b o ‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin:
— aktsiyadorlik jamiyatlarining sho‘balari va korxonalar 
apparatining rahbar xodimlari;
bosh va yetakchi mutaxassislar;
— ishlab chiqarish faoliyatida o ‘zini ijobiy tarzda na- 
moyon etgan va mos keluvchi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan 
mutaxassislar;
— amaliyotni muvaffaqiyatli o ‘tagan yosh mutaxassislar.
148


K adrlar zaxirasining birinchi darajasi — korxonaning 
barcha mutaxassislari, keyingi darajasi — h ar xil rangdagi 
rahbarlarning o ‘rinbosarlari hisoblanadi. Asosiy zaxira turli 
xildagi rahbarlar rangini tashkil etadi.
Zaxira bilan ishlash bosqichlari
Zaxira bilan ishlash quyidagilami o ‘zida namoyon etadi:
1) zaxiraga bo‘lgan ehtiyojning tahlili; 2) zaxira ro‘y- 
xatini tuzish va shakllantirish; 3) nom zodlam i tayyorlash.
1. 
Zaxiraga bo ‘lgan ehtiyojni tahlil etish. Zaxirani shakl­
lantirish jarayonini boshlashdan oldin awalo:
— apparat tuzilmasidagi o ‘zgarishlami bashorat etish;
— xodimlaming xizmat bo ‘yicha ko‘tarilishini takom il­
lashtirish;
— har bir lavozim yoki bir xil guruhdagi lavozimlar 
(har bir lavozim va ularning guruhiga zaxiradan qancha nom - 
zod to ‘g‘ri keladi) bo‘yicha zaxira zichligi darajasini aniqlash.
N atijada zaxiraga boMgan joriy va istiqbolli ehtiyojni 
aniqlashning imkoni paydo bo‘ladi. Kadrlar zaxirasining maqbul 
miqdorini aniqlash uchun quyidagilami belgilash zarur:
— korxonaning yaqin yoki uzoq istiqbolda boshqaruv 
kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini (besh yilgacha);
— zaxiraga kiritilgan xodimning tayyorgarlikni qayerda 
o ‘taganidan q a t’iy n azar ayni vaqtda h ar bir darajadagi 
zaxiraga haqiqiy tayyorlanganlar soni;
— boshqa rayon va hakozalarga ketishi sababli individual 
dasturlami bajarmaganligi natijasida ayrim xodimlaming kadr­
lar zaxirasidan chiqishining taxminiy foizi;
— boshqa uchastkalar faoliyatida foydalanish mumkin 
bo‘lgan rahbarlik qiluvchi boshqaruv xodimlari tuzilmasining 
o ‘zgarishi natijasida chiqarilganlar soni.
Bu vazifalar kadrlar zaxirasini shakllantirishgacha yechi- 
ladi h am d a u lar bilan ishlashning b archa jaray o n larid a 
to ‘g‘irlanib boriladi.
149


2. Zaxira ro‘yxatini tuzish va shakllantirish o ‘z ichiga: 
zaxiraga n o m zo d lar ro ‘yxatini shakllantirish va konkret 
lavozimlar uchun zaxirani yaratish.
Zaxirani shakllantirish jarayonida quyidagilami aniqlash 
lozim:
1) 
zaxiradagi n o m z o d la r r o ‘yxatiga kim ni q o ‘yish 
mumkin va zarur; 2) zaxiradagi nomzodlar ro‘yxatidan kimni 
o ‘qishga yuborish kerak. 3) individual xususiyatlari va rahbarlik 
lavozim idagi istiqbollarini hisobga olgan h o ld a h ar bir 
nomzodga qanday tayyorlanish shaklini qo‘llash kerak.
Zaxira ro ‘yxatini shakllantirish uchun quyidagi usullardan 
foydalaniladi:

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin