Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Ekstraversiya — 
(extra — tashqari) shaxsning shunday 
psixologik xususiyatlarini ko ‘rsatib beradiki, bunda shaxs 
o ‘zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qa- 
ratadi, b a ’zan buni o ‘zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy 
ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Ekstravertlarga xulq — atvorining ta ’sirchanligi, im o- 
ishoralardagi faollik, samimiylik, tashabbus ko‘rsatish (ba’zan 
ortiq darajada), ijtimoiy k o ‘nikuvchanlik, ichki olam ning 
ochiqligi xos bo‘ladi.
Introversiya — 
(intro — ichki) shaxsning o ‘z shaxsiy m an- 
faatlariga, ichki olamiga diqqat e ’tiborining qayd qilinishi bilan 
ajralib turadi.
Introvertlar o ‘zlarining manfaatlarini eng muhim deb hi- 
soblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun oda- 
movilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga 
moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adaptasiya (ko‘- 
nikuvchanlik) xosdir.
Introversiya — ekstraversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga 
qo‘shilib kelishi shaxs tem peram entini belgilab beradi.
"Temperament" 
tushunchasi lotincha tem peram entum - 
qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik degan so‘zdan kelib 
chiqqan.
155


T em peram entning eng m ash h u r turlafi (sangvinnik, 
melanxolik, flegmatik va xolerik) miloddan awalgi asrdayoq 
G ippokrat tom onidan joriy qilingan bo ‘lib, ulaming nomlari 
hanuzgacha saqlanib qolgan, lekin mazmuni o ‘zgargan.
Temperament — 
shaxsning o ‘ziga xos xususiyatlari 
majmuidan iborat bo‘lib, ular inson faoliyatining dinamik va 
hissiy tomonlarini, shuningdek, xulq-atvorini aks ettiradi va 
quyidagicha namoyon b o ‘ladi:
• xoleriklarda — shiddatli reaksiyalar, ochiqlik, kayfi- 
yatning keskin almashinuvi, beqarorlik va um um iy hara- 
katchanlik bilan namoyon bo ‘ladi;
• rasionallik — (xatti-harakatlarning to^g'riligi) bilan 
ifodalanadi;
• flegmatiklarda — sustkashlik, barqarorlik, biqiqlik, 
hissiy holatini tashqariga unchalik namoyon qilmaslik, m u- 
lohazalarining mantiqiyligi bilan ajralib turadi;
• melanxoliklarda — beqarorlik, osongina ta ’sirlanish, 
odamlarga qo‘shilmaslik, hatto arzimas narsa va voqealardan 
ham chuqur kuyinishi bilan ajralib turadi;
• sangvinniklarda — h a ra k atc h an lik , taassu ro tlarn i 
almashtirib turishga moyillik, ta'sirchanlik, odamshavandalik 
bilan ajralib turadi.
T em peram entning sanab o ‘tilgan bu xillari nisbatan 
barqaror bo‘lib, m uhit va tarbiya ta ’sirida o ‘zgarishlarga kam 
bo ‘ysunadi. Shu bilan birga ular shaxsning m azmun tomonini, 
qadriyatlari va ehtiyojlarini ifodalamaydi.
Insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning xulq-atvorini 
tushuntirib beradigan nazariyalar ko‘proq rivoj topdi. Bunday 
nazariyalaming eng mashhur mualliflari A. Maslov, E. Kant, 
D. Mak Klelland, F. Gersburg va boshqa bir qator olimlardir.
Shaxsning ehtiyoji — insonda harakatga intilishni vujudga 
keltiruvchi biror-bir narsaning yo‘qligini anglashdir. Uning 
normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur 
b o ‘lsa, xotin-qizlarga esa ulam ing ko ‘zga tashlanib turishi 
uchun chiroyli bezaklar darkor.
Inson ehtiyojlarining miqdori va xilma-xilligi nihoyatda 
katta bo‘lib, boshlang‘ich ehtiyojlar ajratib ko‘rsatiladi. Bular 
inson fiziologiyasi tom onidan vujudga keltiriladigan oziq-
156


ovqatga, havo, uyqu, hirsiy b o ‘lgan ehtiyojlar b o ‘lib, ular 
insonning biologik tur sifatida mavjud bo ‘lishini ta ’minlaydi.
Ikkilamchi ehtiyojlar hayotiy tajribani rivojlantirish va 
hosil qilish jarayonida paydo b o ‘ladi. U lar birlam chi eh- 
tiyojlardan ancha farq qilib (xilma-xil bo ‘lib), shaxsning psi­
xologik rivojlanishiga, turm ush sharoitiga, jamiyatda, guruhda 
qabul qilingan ijtimoiy normalarga bog‘liqdir (7.11- sxema).
Shaxs ehtiyojlarining butun xilm a-xilligi uning faoli- 
yatining manbaini, sababini tashkil etadi. Sabab — insonning 
nima uchun harakat qilishini ko‘rsatuvchi, faoliyatga ichki 
undovchi narsa b o ‘lib, u muayyan ehtiyojlami qondirish bilan 
bog'liqdir.
Qiziqish — shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish 
ehtiyojining namoyon bo ‘lish shakli bo‘lib, bu narsa ijobiy 
his-tuyg‘u uyg‘otishi mumkin.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin