8.13- sxema.
Ishga doir suhbatni tayyorlash va o'tkazishning sxematik
tasviri
8.4. Ishga doir suhbat yuritish va telefonda
gaplashish odobi
Ishga doir suhbatlaming qatnashchilari ko‘pincha quyi
dagi xatolarga yo‘l qo‘yadilar:
—
boiajak suhbatning mumkin b oigan elementlariga
asos yaratiladigan tayyorgarlik bosqichini nazar-pisand
qilmaslik;
12 - 30
177
—
ayrim qatnashchilaming ba’zi bir,
unchalik muhim
bo‘lib tuyulmagan jo^ni tanlashga yetarli e’tiborsizlik bilan
qarashi. Masalan, suhbat o‘tkaziladiganjoyni tanlashga yetarli
e’tibor bermaslik shunga olib kelishi mumkinki, hatto vaziyatga
muvofiq kelmaydigan sharoit va qatnashchilaming o ‘zaro
munosabatlari ishga doir suhbatning muvaffaqiyatli
chiqishiga
xalaqit berishi mumkin. Tabiiyki, ishga doir suhbatni o‘tkazish
malakalari quruq yodlab olish bilan vujudga kelmaydi. Suhbat
o ‘tkazish mahoratini egallash ko‘p m arta amalda sinab
ko‘rish bilan bog‘liqdir.
Telefonda gaplashishlami ishga doir suhbat o‘tkazishning
o ‘ziga xos bir turi sifatida qarash mumkin. Ana shundan kelib
chiqib, ikkita xulosa chiqarish mumkin.
Birinchidan,
ishga doir suhbatga tayyorgarlik ko‘rish va
o4kazish qoidalari ko‘p jihatdan telefonda suhbatlar olib
borishda ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.
Ikkinchidan,
telefon orqali suhbat yuzma-yuz suhbat o‘t-
kazishga nisbatan bir qator farq qiluvchi xususiyatlariga egadir.
Bu o ‘ziga xos xususiyatlar
shu bilan belgilanadiki, suh-
batdoshlar bir-birlarini ko‘rmaydilar, ko‘pincha telefondagi
suhbat tomonlardan biri uchun kutilmagan vaziyatda, voqea-
larning
oldingi
borishini buzgan holda olib boriladi:
abonentlardan birining ochiq suhbati, uning qandaydir bir
muhim yoki shoshilinch ishni ado etishi orqaga ketishi mumkin
va h.k. Bizning o ‘zimiz ham boshqa birovga telefon qilga-
nimizda ham isha shunday bilishi
mumkinligini nazarda
tutishimiz kerak. Bu hoi bizning xulq-atvorimizga muayyan
ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Ikkinchi tomondan, biror kishi
bilan ochiq suhbat olib boruvchi kishi
telefonda gaplashishdan
oldin suhbatga ustuvorlik berishi lozim. Shuni esda tutish albatta
zarurki, ko‘p hollarda telefon orqali qilingan aloqa biror
narsa to ‘g‘risida (bo‘lajak uchrashuv haqida) oldindan kelishib
olish vositasi bo‘ladi.
Shuning uchun ham xalqimizda "Bu telefonda aytadigan
gap emas" degan ibora mavjud.
Telefonda qilinadigan
suhbatning mavzusini belgilashdan oldin, uning uchun
ajratiladigan vaqtni rejalashtirishni esdan chiqarmaslik kerak.
178
Bundan tashqari, suhbatdoshingizning hamkasblari,
tashrif
buyuruvchilar va boshqa begona kishilar davrasida boiishi
mumkinligini ham esdan chiqarmaslik lozim, bu ham oshkora
suhbatlashish imkonini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: