Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


8.6. Notiqlik san’ati asoslari



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

180


8.6. Notiqlik san’ati asoslari
Hozirgi zamon mutaxassisining kasb faoliyati uning 
notiqlik san’ati ko‘nikmalarini, ya’ni turli shakllardagi nutqning 
(u xoh xizmat kengashidagi axborot berish b o isin , xoh 
konferensiyalar va seminarlardagi m a’ruza, munozaralardagi, 
taqdimotlardagi chiqishlar va shu kabilar boisin) tuzilishi
uni tayyorlash malakalarini va turli shakllardagi nutqlami 
tinglovchilarga yetkazish ko‘nikmalarini egallash lozimligini 
talab qiladi. Ko‘pincha odamlar orasida nutq so‘zlash ko‘nik- 
malari tarbiya, m aium otning umumiy darajasi, insonning 
muayyan shaxsiy sifatlari bilan b o g iiq b o ia d i. Shunga 
qaramasdan, notiqlik san’ati ko‘nikmalari notiqlik san’atining 
asosiy qoidalarini bilgan holda to'plangan kasb tajribasi 
jarayonida hosil boiadi. Bu qoidalami bilish insonga o‘z nutqini 
ancha qulayroq shaklda — tinglovchilaming samarali qabul 
qilishi nuqtayi nazaridan ham, shuningdek, tinglovchilaming 
nutq so‘zlayotgan kishining kasbiy sifatlariga ijobiy baho berish 
nuqtayi nazaridan ham taqdim etishiga imkon tug‘diradi.
Notiqlik san’atining quyida tasvirlanadigan asosiy qoidalari 
universal hisoblanadi, ya’ni ular omma orasida nutq so‘z- 
lashning imkoni tugilgan ko‘p vaziyatlarda tatbiq etiladi.
Notiqlik san’atining barcha qoidalarini xronologik tamoyili 
bo‘yicha bir necha shartli guruhlarga boiish mumkin:
— notiqlik san’ati ko‘nikmalarini oldindan ishlab chiqish;
— nutq so‘zlashga bevosita tayyorgarlik ko‘rish;
— nutq so‘zlash vaqtida o ‘zini tutish.
Notiqlik san’ati ko'nikmalarini oldindan ishlab chiqish 
tinglovchilar bilan ishlashga um um iy hozirlikni q o ila b - 
quw atlash imkonini beradigan bir necha sun’iy usullarni 
nazarda tutishi mumkin:
— hayol qilingan tinglovchilar oldida oldindan berilgan 
mavzular va tinglovchilar tarkibi bilan so‘zga chiqish;
— kasb faoliyatida ishlatiladigan muayyan atamalar va 
tushunchalar ta’rifmi ishlab chiqish;
181


— 
o‘z chiqishlarining audio yoki video yozuvlaridan 
foydalanish va h.k.
Nutq so‘zlashga bevosita tayyorgarlik ko‘rish notiqlik san’ati 
ko‘nikmalari va qoidalarini ishlab chiqishning ancha muhim 
bosqichi hisoblanadi.
Ko‘pincha mazkur bosqich vaqt yetishmasligi yoki o ‘z 
kuchiga ortiqcha ishonish tufayli unchalik e’tiborga olinmaydi. 
Binobarin, shulami ham esda tutish kerakki, ko‘pincha muta- 
xassisning kasbiy sifatlari haqida uning so‘zlariga qarab xulosa 
chiqariladi, u o‘z navbatida o‘z-o‘zini namoyon qilish vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi, o‘zini ko‘rsatish imkoniyati hisoblanadi.
Nutq so‘zlash vaqtida o£zini tutish nutq maqsadlariga eri- 
shishni tayyorlagan nutq rejasini amalga oshirishni ta’min- 
lashi (zarur bo‘lganda unga tuzatish kiritishi), og'zaki nutq- 
ning avvaldan o‘ylab qo‘yilgan afzalliklardan foydalanishga 
imkon berishi lozim.
Ayni vaqtda notiqning xulq-atvori (o ‘zini tutishi) 
axborotni yaxlit idrok etishga halaqit bermasligi kerak. 
M a’ruzachining xulq-atvori tabiiy bo‘lishi, nutq muammosiga 
va tinglovchilar tarkibiga mos kelishi zarur. Ana shundagina 
nutq so‘zlash maroqli bo‘ladi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin