Ikkinchi:
boshqaruvning ishonchliligi, ya’ni boshqarish
tizimi xodimlarining o ‘z xizmat burchlarini so‘zsiz va sifatli
qilib bajarishi.
Uchinchi:
har bir ayrim rahbarga nisbatan boshqaruv
mehnatini tashkil etish, uning qobiliyatidan samarali foy-
dalanishga yordamlashish va imkoniyatlar yaratib berish.
T o‘rtinchi:
boshqaruv m ehnatini ilmiy asosda tashkil
qilish, mavjud mehnat tashkilotini fan yutuqlari va ilg‘or
tajribalar asosida, zamonaviy texnika vositalaridan unumli
foydalanib, muttasil yaxshilab borishni taqozo etadi.
Rahbar mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish boshqarishda
mehnatni tashkil qilishning qandaydir alohida turlaridan biri
emas, balki har bir xodimning boshqaruv vazifalarini ba-
jarishga oid mehnatini
ratsional
taqsimlash asosida, bosh
qaruv tamoyillari uslublari, vositalarini aniq bilish va mohirlik
bilan foydalanishdir.
Korxona va tashkilotlarda boshqarish apparati rahbar-
larining tajribalarini o ‘rganish shuni ko‘rsatadiki, boshqarish
apparati xodimlari mehnatini ilmiy asosda tashkil etishni
takom illashtirish ular faoliyatining barcha tom onlariga
taalluqli, ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan taqdirdagina
eng yaxshi natijalarga erishiladi.
Mehnatni tashkil qilish uning har bir
elementi
bo‘yicha
ayrim-ayrim holda yaxshilash mumkin, albatta. Masalan,
har qanday ish joyida xizmat burchlarini aniqlash, ish
sharoitini yaxshilash va bir qator boshqa tadbirlami amalga
oshirish m um kin. Lekin shuni hisobga olish kerakki,
mehnatni tashkil qilishning barcha
Dostları ilə paylaş: