X BOB. KORXONA УА TASHKILOTLARDA
PERSONAL XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH
Muhim tushunchalar:
xavfsizlik texnikasi,
ish joyidagi
xavfsizlik, mehnat xavfsizligi, personal sog‘lig‘ini muhofaza
qilish tizimi, mehnat xavfsizligini
boshqarish tizimlari, stress
omillari, iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlashning yagona tizimi.
10.1. Korxona va tashkilotlarda xavfsizlik texnikasi
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi iqtisodiy va siyosiy
sharoitlari turli-tuman mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi
bilan
ajralib turadiki, bunda "xavfsizlik" tushunchasi tobora
ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Har bir korxona uchun odat
bo‘lib qolgan xavfsizlik texnikasi va xodimlaming sog‘lig‘ini
muhofaza qilish xizmatlari bilan bir
qatorda tadbirkorlikning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan tijorat xizmatlari ham
paydo bo‘lmoqda.
Ijodiy, ilmiy, muhandislik va badiiy konstmktorlik fa-
oliyatining natijalarini muhofaza
qilish jarayonlari yangicha
mazmun kasb etadi. Xavfsizlikni boshqarish tushunchasini
ochib berishga nisbatan bugungi kundagi yondashuv — bu
awalo, butun dunyoda tan olingan mulkchilikning barcha
turlariga doir munosabatlarni qonun yo‘li
bilan tartibga
solishdir.
Dostları ilə paylaş: