Korxona va tashkilotlarda mehnat xavfsizligini boshqarish
tizimlarida barcha xodimlami ko‘pincha baxtsiz hodisalar ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan uch guruhga bo‘lish tatbiq etiladi:
— xavfsizlik texnikasini bilmasliklari tufayli ularga rioya
qilmaydigan xodimlar. K o‘pincha bular tashkilotga yangi
kelgan tajribasiz, lavozimga qo‘yish
vaqtida yetarli darajada
yo‘l-yo‘riq berilmagan xodimlar bo‘ladi;
— xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilsalar ham ularni
bajarmaydigan xodimlar, chunki ular turli sabablar bilan
ishdan chalg‘iydilar,
haddan ortiq band boMadilar, asabiy-
lashadilar. Ba’zan charchov tufayli shaxsiy noxushliklar yoki
kasallik, kuchli qo‘zg‘alish tufayli ular muayyan faoliyatni
bajarishga qodir bo‘lmaydilar;
— qoidalami,
qanday ishlashni bilsalar ham, lekin xavf
sizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga ahamiyat bermaydigan
xodimlar. O datda buning sababi haddan tashqari ishga
berilishda, shoshm a-shosharlikda,
soxta qahram onlikda
bo‘ladi. Bunday xodimlar o ‘zlarining tavakkal qilib ishlash
usuliarini xavfli deb hisoblamaydilar va buning baxtsiz hodi-
salarga olib kelishini anglab etmaydilar. Xavfsizlik texnikasi
qoidalari buzilishining katta ulushi
xodimlaming xavfsizlik
texnikasi masalalariga bu xilda noto‘g‘ri munosabatda bo‘-
lishlariga to ‘g‘ri keladi.
Personalni boshqarish, albatta, xodimlarga xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha ularga zarur bo‘ladigan maxsus bilimlami
berishni o ‘z ichiga oladi. Bu vazifa har qanday rahbar qochib
qutula olmaydigan vazifalar sirasiga kiradi. Xavfsizlik texnikasi
va sog‘liqni muhofaza qilish qoidalarini o ‘rgatish-ta’limning
birdan-bir shakli bo‘lib, u qonun bo‘yicha majburiy hisob
lanadi.
Har qanday boshqaruv tizimida nazoratga muhim e’tibor
beriladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga
amal qilinayotganiga
ishonch hosil qilish uchun har qanday rahbar bu qoidalarga
rioya etilayotganini nazorat qilishi zarur. Biz baxtsiz hodi-
196
salaming oldini olishga yordam beradigan xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya etilayotganini nazorat qilishning ikki
yondashuviga e’tibomi jalb qilamiz.
Dostları ilə paylaş: