Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Qonuniylik. 
Xavfsizlik choralari mamlakatda amal qilayot- 
gan qonunlar doirasida ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik. 
Ko‘rilayot- 
gan iqtisodiy xavfsizlik choralari xo‘jalik faoliyatining 
yomonlashuviga, foydaning kamayib ketishiga olib kel- 
masligi kerak.
Dasturli — maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va mas’u-
liyat. 
Korxonaning xavfsizlik xizmati o‘z faoliyati uchun zarur 
b o ‘lgan mablag‘, resurs, moddiy texnika anjomlari bilan 
ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
202


0 ‘zaro hamkorlik va faoliyatlami muvofiqlashtirish. 
Kor­
xonaning turli bo‘limlari ushbu tamoyil asosida faoliyat 
yuritishlari kerak boMadi.
Ixtisoslashuv va professionalizm. 
Xavfsizlik xizmatining 
kadrlar tarkibi bu yo‘nalishda ma’lum tayyorgarlikdan o‘tgan 
va shunday ixtisoslikdagi kasb egasi bo‘lishi kerak.
Ishni tashkil etish. 
Xavfsizlikni ta’minlashda himoyaning 
zamonaviy vositalaridan foydalanish, ilg‘or tajriba va ilmiy 
ishlanmalarga tayangan holda ishni tashkil qilish lozim.
Talabchanlik va nazoratning ochiqligi. 
Korxona faoliyatida 
ma’muriy- huquqiy rejimni qo‘llash va unga rioya qilish ustidan 
nazorat ma’lum sharoitlarda konsperativ tavsifga ega bo‘ladi.
Xavfsizlik tizimi o ‘z ichiga quyidagilami oladi:
— korxona obyektlarini, boshqaruvchi rahbarlaming shax­
siy daxlsizligini hamda pul mablag‘larini saqlash uchun qo‘- 
riqchi- qorovullik xizmatini tashkil etish;
— korxonaning axborot va ijtimoiy jihatdan himoya- 
lanishini ta’minlaydigan analitik xizmatni tashkil etish. Uning 
vazifalari ichida razvedka va kontrrazvedka bilan shu- 
g‘ullanishni tashkil etish uchun strategik muhim subyektlar 
bilan ishlash ham muhim o ‘rin tutadi;
— tashqi ekspertlar va ichki konsultantlar guruhining 
strategik muhim masalalar bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish 
hamda xodimlami o ‘qitish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish.
K orxonada tashkil etiladigan xavfsizlik xizmati o ‘z 
faoliyatini quyidagilarga qaratadi:
— korxonaning mol-mulki va intelektual mulkiga qilingan 
tajovuzkorona tahdid yoki ulardan norasional foydalanish 
holatlarining oldini olish;
— ishlab chiqarish bo‘linmalaridagi texnodogik jarayonlar 
muntazamligining buzilishiga hamda malakali kadrlarning 
ketib qolishiga olib keluvchi nohush, salbiy hodisalarning 
oldini olish;
— iqtisodiy dasturlar va shartnoma majburiyatlarining 
bajarilmasligiga sabab bo‘luvchi omillami aniqlash hamda
203


ulaming ta’sirini kamaytirish choralarini amalga oshirish. Bun­
day omillar mahsulotning sifat va raqobatbardoshligi ko‘r- 
satichlarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin;
— 
ham korlar va raqobatchilarning molyaviy ahvoli, 
ishbilarmonlar doirasidagi nufuzi to ‘g‘risidagi axborot va 
m a’lumotlami tahlil qilish asosida taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqish.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta ’minlashda mustaqil 
xo‘jalik subyektlari sifatida faoliyat yurituvchi xavfsizlik tadbir- 
korlik firmalari muhim o ‘rin tutadi.
0 ‘zining xavfsizlik xizmati bo‘limini tashkil etish im- 
koniyatiga ega bolm agan korxonalar xususiy xavfsizlik xizmati 
hamda obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha huquq-tartibot or- 
ganlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Endilikda, tadbirkorlik subyektlari bilan xususiy xavfsizlik 
firmalari va huquq-tartibot organlari birgalikda iqtisodiy 
xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy asos- 
larini yaratish, "Xususiy korxona" to ‘g‘risidagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin