Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Tashkiliy nizolaming 
o ‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, ular shaxsning faoliyatini tashkiliy jihatdan tartibga 
solish: lavozim yo‘riqnomalarini tadbiq etish, tashkilotni 
boshqarishga doir rasmiy to‘zilmalarni joriy qilish va bosh­
qarishning oqibati hisoblanadi.
Hissiy yoki shaxsiy nizolar 
shu narsa bilan ajralib turadiki, 
ayrim shaxsning qanoatlanmagan manfaatlari darhol atrof-
210


dagilar bilan to‘qnashuvga olib keladi. Bu nizolar odatda ha- 
sadgo‘ylik, dushmanlik, yoqtirmaslik his-tuyg‘ulari asosida 
paydo bo£ladi va tezda shaxsning manfaatlari poymol bo‘l- 
ganligiga javob tariqasida namoyon bo‘ladi. Bunday to ‘s- 
qinliklar shaxsning maqsadga erishuviga xalaqit beradi. Misol: 
navbatda turish vaqtidagi, uy-ro‘zg‘or sharoitidagi to ‘qna- 
shuvlar tashqi tomondan hamisha asosli bo‘lmasa ham, lekin 
muayyan ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Vertikal va gorizontal nizolarning 
o ‘ziga xos xususiyati 
o ‘zaro nizoli harakatlar boshlangan paytda muxoliflar ega 
bo‘lgan hokimiyat hajmidir.
Vertikal 
nizolar yuqoridan pastga qarab hokimiyatning 
taqsimlanishini nazarda tutadi, bu esa nizo qatnashchilarida 
turli boshlangich shartlarini: boshliq — xodim , yuqori 
tashkilot-korxona, kichik korxona-ta’sischi shartlarini belgilab 
beradi. 
Gorizontal 
nizolar hajm jihatidan bir xil bo‘lgan 
hokimiyatning yoki ierarxik darajasi bo‘yicha subyektlaming 
o‘zaro harakatini nazarda tutadi: bir xil darajadagi rahbarlar, 
o ‘zaro mutaxassislar, m ahsulot yetkazib beruvchilar — 
iste’molchilar.
Oshkora nizolar 
muxoliflarning yaqqol ifodalangan to‘q- 
nashuvini: janjallar, tortishuvlar, harbiy to ‘qnashuvlarni 
bildiradi. 0 ‘zaro harakatlar vaziyatga va nizo qatnashchi- 
larining darajasiga mos keluvchi normalar, ya’ni xalqaro 
(davlatlararo) to'qnashuvlarda huquqiy, ijtimoiy, axloqiy 
me’yorlar bilan tartibga solib turiladi.
Yashirin nizoda qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida tashqi 
agressiv xatti-harakatlar ko‘zga tashlanmaydi, lekin bunda ta’sir 
ko‘rsatishning bevosita usullaridan foydalaniladi. Bu hoi shunday 
sharoitda ro‘y beradi: o‘zaro nizoli harakat qatnashchilaridan 
biri boshqasidan xavfsiraydi yoki uning oshkora kurashish uchun 
yetarli hokimiyati va kuchi yo‘q bo‘ladi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin