Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Muzokaralar 
muomalaga keng imkoniyat yaratib beradi 
va shaxs faoliyatining ko‘pgina sohalarini qamrab oladi. Ular 
nizolarni hal qilish usuli sifatida taktik usullaming majmuidan 
iborat bo‘lib, qarama-qarshi tomonlaming o ‘zaro maqbul 
yechimga kelishlariga qaratilgan bo‘ladi.
M uzokaralar muvaffaqiyatli b o ‘lishi uchun quyidagi 
muayyan shartlami bajarish zarur:
• nizoda qatnashuvchi tomonlaming o‘zaro bog‘liqligining 
mavjud boMishi;
• nizo subyektlarining imkoniyatlarida (kuchida) ko‘proq 
tafovutning yo‘qligi;
• nizo rivojlanish bosqichlarining muzokaralar imko- 
niyatlariga muvofiq kelishi;
• vujudga kelgan vaziyatda qaror qabul qilishda haqiqatda 
ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tomonlaming muzokaralarda 
qatnashuvi.
Vujudga kelgan vaziyatda hokimiyatga ega bo‘lgan va 
voqeaning yakuniga ta’sir ko‘rsata oladigan kuchlar bilangina 
muzokaralar olib borish maqsadga muvofiqdir. Nizolarda man­
faatlari himoya qilinadigan bir necha gumhlami ajratib ko‘r- 
satish mumkin:
birlamchi guruhlar 
— shaxsiy manfaatlariga tegib o‘tilgan 
guruhlar, ularning o ‘zlari nizoda ishtirok etadilar, lekin 
hamisha ham muzokaralarning muvaffaqiyatli bo‘lishi bu 
gumhlarga bog‘liq bo‘lmaydi;
2 2 2


ikkilamchi guruhlar 
— ulaming manfaatiga tegib o‘tilgan, 
lekin bu kuchlar o ‘z manfaatdorligini oshkora namoyon 
qilmaydi, ulaming harakatlari m a’lum vaqtgacha yashirin 
bo‘lib turadi. Yana nizodan manfaatdor bo'lgan uchinchi kuch­
lar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular hali birmuncha yashirin 
holatda bo‘ladi. Bitta nizoning tashqi namoyon boMishi orti- 
da ko‘pgina kuchlar mavjudligiga misol sifatida "Yugoslaviya 
tangligi"ni ko‘rsatish mumkin.
To‘g‘ri tashkil etilgan muzokaralar izchil ravishda bir 
necha bosqichda o ‘tadi:
• muzokaralaming boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish 
(muzokaralar ochilishiga qadar);
• qanday yo‘l tutishni oldindan tanlash (mazkur muzo- 
karalarda qatnashchilaming tutgan yo‘li haqidagi dastlabki 
bayonotlari);
• o ‘zaro maqbul yechimni izlash (psixologik kurash, 
muxoliflarning haqiqiy yo‘lini belgilash);
• yakunlanishi (vujudga kelgan tanglikdan yoki muzo­
karalaming boshi berk ko‘chasidan chiqish).

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin