XIII BOB. KADRLAR TIZIMIDAGI YANGILIKLARNI
BOSHQARISH
Muhim tushunchalar:
kadlar tizimi, kadrlar va kadrlar
tiziminirig rivojlanishi, personal
sohasidagi innovatika, kadrlarga
oid yangiliklar, innovatsion-kadrlar menejmenti,
kadrlarga doir
yangiliklarni tashkil etish, novatorlikka to‘siq beruvchi ошШаг.
13.1. Kadrlar tizimidagi innovatikaning asosiy tushunchalari
P e rso n a l sohasidagi innovatika
bazis tushunchalari
jumlasiga quyidagilam i kiritish mumkin:
Kadrlar tizimi
(KT) — ijtimoiy-iqtisodiy tizim (bizning
m isolim izda tashkilot)ning markaziy va ancha murakkab
tashkil etilgan kichik tizimi (o'zagi)dir. U mazkur tizimning
mehnat potensialini (uning miqdor,
sifat va tarkibiy mezon-
larini), uning turli tarkibiy qismlari bo‘lgan kadrlar, ulaming
maqsadlari, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish normalari hamda
mexanizmlarini qamrab oladi.
Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi
—
bu ulaming
miqdor va sifat jihatidan muqarrar ilgarilab boradigan o ‘zga-
rishi (darajasining ortishi, yangilanishi), yangi maqsadlar,
vazifalar, kasb-m alaka va kommunikasiya mezonlari bilan
tuzilishi, o 'z a ro
aloqalari, boshqaruv subyekti va usullari bi
lan yangi h o latg a o ‘tishidir.
Kadrlar tizimining rivojlanishi
— bu mazkur tizimning
ancha takom illashgan
va samarali shakllariga, maqsadlar,
tuzilish va usullarga o ‘tishdan iboratdir. Bunga doimiy izlanish,
kadrlar sohasidagi yangiliklarni
ishlab chiqish va amalga
oshirish negizida erishiladi.
Dostları ilə paylaş: