XIV BOB. "INSON KAPITALI" KONSEPSIYASI
Muhim tushunchalar:
inson kapitali,
inson kapitali naza-
riyasi, insoniy resurslar tahlili konsepsiyasi, insoniy resurslar
qiymati,
tanlash va saylash xarajatlari, xodimning individul
qiymati, pozision qiymat.
14.1. Inson kapitali nazariyasi
Oxirgi yillarda shu narsa
umumiy fikrga aylanmoqdaki,
bunda hozirgi zamonaviy davlatining samarali rivojlanishi
ko‘pincha uning o ‘z xalqlariga qancha mablag1 ajratishiga
bog‘liqligi ta’kidlanmoqda. Busiz uning rivojlanishini ta’minlash
mumkin emas. Masalan AQSHda ba’zi
bir baholashlarga
qaraganda inson kapitaliga sarflangan mablag‘lar YalMning
15 foizini tashkil etgan holda, bu qiymat xususiy kapital "sof
yalpi investisiyalarining zavodlarga,
asbob-uskunalar va
omborxonalarga qo‘yilganidan ham ko‘proqni tashkil etadi.
XX asrda "Inson kapitali nazariyasi"ga katta hissa qo‘shish-
gan iqtisod sohasidagi ikkita olim — Teodor Shuls (1979-
yilda) va Geri Bekker (1992- yilda) Nobel mukofotiga sa-
zovar bo‘lishgan.
Inson kapitali g‘oyasining ommalashuviga asosiy hissani
Teodor Shuls qo‘shgan bo‘lsayam zamonaviy iqtisodiy ta’li-
motning klassikasi bo‘lib,
Geri Bekkerning shu nomdagi
traktati hisoblanadi. U o ‘z tahlilida boshqa ijtimoiy fanlardagi
kamyoblik, baho, muqobil xarajatlar va shu kabi boshqa
tushunchalami qo‘llagan holda inson xulq-atvori to‘g‘risida
rasional va maqsadga muvofiq tasawurlardan kelib chiqdi.
Uning ushbu traktatida shakllangan model shu sohadagi
keyingi barcha tadqiqotlar uchun asos bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: