Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Boshqa xarajatlar.
1 4 .1 6 - sxem a. 
P e r s o n a l n i q a y t a t ikl ash xar aj at l ari tarki bi.
28.4


Ishdan ketish xarajatlari bo‘shayotgan xodimga bevosita 
to‘lovlar va uning o ‘miga boshqa xodimni topish uchun ketgan 
vaqti, xodimni ishdan bo‘shatish qarori qabul qilingan vaqtdan 
e’tiboran uning va hamkasblarining mehnat unumdorligining 
pasayishi bilan bog‘liq bilvosita xarajatlarni o‘z ichiga olishi 
mumkin. Obyektga qarab qayta tiklash xarajatlari ikki turga 
ajratilishi mumkin.
Agar rahbarlar bo‘shatilgan xodimni xuddi shu kabi 
professional fazilatlarga ega, ya’ni o ‘sha ish joyidagi xodim 
bilan almashtirish ishtiyoqida bo‘lishsa, xarajatlar xodimning 
shaxsiyatiga emas, balki ish joyiga, tashkilotdagi mavqega 
(pozitsiyaga) taalluqli bo‘ladi va ular pozision deb ataladi. 
Ammo muayyan shaxsiy va kasbiy fazilatlarga ega sobiq xodim 
kompaniya uchun boshqa mavqelarda ham naf keltirishi 
mumkin edi.
Shuning uchun agar inson konkret bir joyda qilgan ishni 
alm ashtirishga em as, balki uning b arch a m avqelarda 
keltiradigan nafini hisobga olgan holda shaxsiy fazilatlarini 
o ‘zgartirishga intilsa, bunday almashtirish uchun xarajatlar 
ish joyiga emas, balki shaxsga taalluqli bo‘ladi va shaxsiy deb 
ataladi. Ulami aniqlash o ‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. 
Shuning uchun odatda almashtirishning pozision xarajatlari 
qo‘llaniladi.
14.4. Xodimlaming individual qiymatini
o‘lchash modellari
Aslida insoniy resurslarning birlamchi va qayta tiklash 
xarajatlaridan foydalanish qaysidir darajada ulaming tashkilot 
uchun qiymatini aniqlash imkonini bersa-da, bunday baho 
ancha shartli va yaqinlashtirilgan hisoblanadi. Masalan, 
o‘zlashtirish va tayyorlash uchun bir xil xarajatlar sarflangan 
ikki nafar xodim keyinchalik tubdan farq etuvchi unumdorlikka 
ega bo‘lishi mumkin, demakki, tashkilot uchun qiymati ham 
farqli bo‘ladi.
284


Qiymatning iqtisodiy nazariyasi shunday asosga taya- 
nadiki, nimadir, agar u qandaydir foyda yoki daromad kelti- 
rish qobiliyatiga ega bo‘lsa, qandaydir qiymatga ega bo‘ladi. 
Insoniy resurslar qiymati konsepsiyasi xuddi shu asosga taya- 
nadi. Insoniy resurslar, agar ular ishchi kuchini bergani holda 
kelajakda daromad keltirsa qiymatga ega bo‘lishadi. Yoki aytish 
mumkin: personal qiymati, xuddi boshqa har qanday resurs- 
niki kabi, undan kelajakda kutilayotgan foyda va daromad- 
laming bugungi qiymatidan iborat. Insonning tashkilot uchun 
qiymati ham tashkilotga o‘z xizmatlarini beradigan va daromad 
keltiradigan muddatga, ya’ni shu tashkilotda ishlash mud- 
datiga bog‘liq.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin