XV BOB. PERSONALNI BOSHQARISHNING
CHET EL TAJRIBASI
Muhim tushunchalar:
korxona falsafasi, ahloq, tamoyil-
lar, maqsad, an’ana,
kamchiliklar, firma, tajriba, m a’naviy
qadriyatlar, tasnif, kasbiy tayyorgarlik, o ‘qitish, malaka oshi
rish, o ‘zini rivojlantirish.
15.1. Korxona falsafasi
Korxona falsafasi — bu firmaning ichki tamoyillari va
o‘zaro munosabatlar qoidalarining yig‘indisi, ixtiyoriy rioya
etiladigan qadriyat va e’tiqodlaming o‘ziga xos tizimi.
Falsafaga
rioya qilish korxonaning farovonligi va muvaffaqiyatini
kafolatlaydi. Unga ehtiyoj bormi?
Ijobiy javob uchun dalillar:
— bir xil odamlar yo‘q, lekin personal o'rtasidagi muno
sabatlar barcha uchun umumiy tamoyillar bilan tartibga soli-
nishi zarur;
— korxonada kadrlaming ketishi va yangi xodimlaming
kelishi ahloqiy qadriyatlar va m a’muriyat talablarini tezda
o‘zlashtirib
olishini talab qiladi;
— saylov, o ‘zini-o‘zi boshqarish, yakkashaxslik, jamoa
roli, boshqamvni markazlashtirishga nisbatan qarashlarni
aniqlab
olish kerak;
— korxona mulkdori personalga nisbatan o‘z siyosatini
yurgizishga intiladi, u ayrim paytlarda umumtanolingan siyo-
satdan farq etishi mumJkin;
— korxona rahbarlari va menejerlar almashadi, lekin bu
«kemani chayqamasligi» kerak.
Xodimlar umumiy qoidalar
bo‘yicha yashashlari lozim.
Salbiy javob uchun dalillar:
— norasmiy guruhlar o‘zlari xatti-harakat me’yorlarini
yaratishadi, shu bois ulami ma’muriy jihatdan tartibga solish
uchun zarurat yo‘q;
— hozirgi bosqichda ikki tur ahloq shakllangan va odam-
laming bir qismi jamoada o‘zaro munosabatlar tizimini qayd
etish imkoniyatiga ega emas;
292
— korxona falsafasini ishlab chiqish va unga tuzatish
kiritish ko‘p
vaqt va kuchni oladi, shuning uchun kuchlami
sarf etishga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
— jamoadagi odamlarga o ‘z xatti-harakatlari va mosla-
shish qoidalarini yaratish xos. Kichik firma uchun faqat «mik-
rofalsafa» ishlab chiqish mumkin.
Shunday qilib, salbiy dalillarga qaramasdan, korxona
falsafasi xodimlar jamoasiga awal qo‘llanilmagan
tamoyillar
orqali ancha maqsadli ko‘rsatishga yordam beradi. Bu jamoa
xodimlariga ta’sir ko‘rsatish zaxirasini tashkil etadi.
Korxona falsafasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga
olinishi kerak:
— xodimlaming milliy tarkibi;
— mintaqaviy xususiyat (viloyat, shahar);
— ishlab chiqarish turi;
— xalq xo‘jaligi tarmog‘i;
—
korxonaning miqdoriy tarkibi;
— xodimlaming hayot darajasi;
— personalning madaniy darajasi;
— mulkdoming qarashlari va pozitsiyalari;
— direktoming shaxsiy qarashlari.
Dostları ilə paylaş: